09:08 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Yangiliklar
Havola olish
307 0 0

Dasturda saylov komissiyalari aʼzolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar boʻyicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish hamda aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish boʻyicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi

TOSHKENT, 19 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda 2021 yil 1 martdan prezident sayloviga tayyorgarlik boshlanadi. Bu haqda muhokamaga qoʻyilgan 2021 yilgi Davlat dasturi loyihasida keltirilgan.

Hujjatga koʻra, Oʻzbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni yuksak saviyada oʻtkazish boʻyicha aniq choralar belgilanadi. Mazkur vazifani bajarish muddati etib, 2021 yil 1 mart sanasi belgilangan.

Dasturda saylov komissiyalari aʼzolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar boʻyicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish hamda aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish boʻyicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.

Shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflar ham ishlab chiqiladi.

Asosiy mavzular