23:54 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Yangiliklar
Havola olish
70 0 0

Qalbaki hujjatlar Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan vatandoshlarimizga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish jarayonini ham qiyinlashtirmoqda", - deyiladi vazirlik murojaatida.

TOSHKENT, 19 yanv - Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xorijiy mamlakatlarga borishni rejalashtirayotganlarga muhim iltimos bilan murojaat qilmoqda.

Vazirlik axborotiga koʻra, OAVlarda Oʻzbekiston fuqarolarining chet el mamlakatlari xalqaro aeroportlariga borishlari bilan xorijda davolanish uchun kasallik toʻgʻrisidagi soxta hujjatlarni hamda koronavirusni aniqlash uchun oʻtkazilgan PZR-test manfiy natijasi koʻrsatilgan qalbaki maʼlumotnomalarni taqdim qilayotganliklariga oid holatlar haqidagi xabarlar tarqalmoqda.

"Mazkur holat hamyurtlarimizning xorijiy mamlakat hududiga kiritilmasliklari uchun asos hisoblanadi. Shuningdek, qalbaki hujjatlar Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan vatandoshlarimizga konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish jarayonini ham qiyinlashtirmoqda", - deyiladi vazirlik murojaatida.

Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xorijiy mamlakatlarga borishni rejalashtirayotgan Oʻzbekiston fuqarolaridan begona shaxslarning qalbaki tibbiy maʼlumotnoma va boshqa hujjatlarni tayyorlab berishda "yordamlashish" borasidagi takliflariga koʻnmasliklarini soʻrab qolgan.

Shu bilan birga, chet elga safarga chiqishdan oldin oʻsha mamlakatda joriy qilingan cheklov choralari va talablar bilan sinchiklab tanishib chiqishni tavsiya etgan.

Asosiy mavzular