11:47 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Yangiliklar
Havola olish
307 0 0

IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, fuqaro K.YE. bundan avval ham 79 nafar fuqaroni shu usulda aldab, ularning har biridan 1200 AQSH dollaridan jami 94800 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan.

TOSHKENT, 19 yanv - Sputnik. Rossiyaga kirish uchun tibbiy maʼlumotnoma tayyorlash bilan shugʻullangan shaxs qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.

2021 yil 13 yanvar kuni huquq-tartibot idoralari tomonidan Toshkent shahrida joylashgan "Xumo trans" aviakassa rahbari K.YE. ushbu aviakassada fuqaro M.Z.ni aldab, uning ishonchiga kirib, pandemiya sharoitida chet davlatga davolanish uchun borishga asos boʻluvchi kasalligi haqida hujjat tayyorlab berishga va shu hujjatga asosan bemalol Rossiya Federatsiyasiga borishi mumkinligiga ishontirib, uning 1450 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, fuqaro K.YE. bundan avval ham 79 nafar fuqaroni shu usulda aldab, ularning har biridan 1200 AQSH dollaridan jami 94800 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan, fuqaro K.YE.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan.

Asosiy mavzular