05:00 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Yangiliklar
Havola olish
154 0 0

Hodisa natijasida Yangi-Angren issiqlik elektr stantsiyasining infratuzilmasi va texnologik uskunalariga shikast yetmagan.

TOSHKENT, 20 yanv - Sputnik. Angren shahar prokuraturasi tomonidan Yangi-Angren issiqlik elektr stantsiyasida yuz bergan portlash yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sal oldin Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Yangi-Angren issiqlik elektr stantsiyasining profilaktika choralarini koʻrish uchun toʻxtatilgan 5-energiya blokida chang-koʻmirli havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlganligi haqida rasmiy bayonot berilgan edi.

Aniqlik kiritilishicha, vafot etgan va jarohat olganlar 5-energiya blokida profilaktika ishlarini olib borayotgan xizmat koʻrsatish xodimlari boʻlgan.

Chaqnash natijasida kelib chiqqan yongʻin oqibatida 3 nafar ishchi voqea joyida vafot etgan, yana 3 nafari turli darajadagi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.

Rejali xizmat koʻrsatish paytida sodir boʻlgan hodisa natijasida uch kishi olingan jarohat sababli vafot etgan, yana uch kishi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan.

Hodisa natijasida Yangi-Angren issiqlik elektr stantsiyasining infratuzilmasi va texnologik uskunalariga shikast yetmagan.

Asosiy mavzular