18:27 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Yangiliklar
Havola olish
78302

Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuch va vositalari voqea joyida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Chaqnashning kelib chiqish sabablari boʻyicha surishtiruv ishlari boshlangan.

TOSHKENT, 20 yanv - Sputnik. Energetika vazirligi Yangi-Angren IES da yuz bergan portlash sabablari haqida bayonot berdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 20 yanvar, soat taxminan 11:42 da, Yangi-Angrenskaya IES qozonxonasi hududida koʻmir-havo aralashmasining "chaqnashi" sodir boʻlgan.

Energetika vazirligi izohiga koʻra, kecha 19 yanvar kuni Yangi-Angren IESining № 5 energobloki taʼmirga chiqarilgan. Bugun stantsiya quvvati 560 MVt boʻlgan amaldagi energobloklar bilan ishlagan. Bitta energoblok zaxirada boʻlgan.

Rejali xizmat koʻrsatish paytida sodir boʻlgan hodisa natijasida uch kishi olingan jarohat sababli vafot etgan, yana uch kishi turli darajada kuyish tan jarohatini olgan. Vafot etgan va jarohat olganlar 5-energiya blokida profilaktika ishlarini olib borayotgan xizmat koʻrsatish xodimlari boʻlgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuch va vositalari voqea joyida vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Chaqnashning kelib chiqish sabablari boʻyicha surishtiruv ishlari boshlangan.

Yongʻin sabablarini aniqlashtirish uchun Yangi-Angren IESga Energetika vazirligi, FVV rahbarlari, tergov organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari yetib borishgan.

Hozirda tergov organlari hodisa sabablarini oʻrganmoqdalar, shundan soʻng rasmiy maʼlumotlar beriladi.

Pudrat tashkilotlari va kasaba uyushma qoʻmitalari rahbariyati tomonidan vafot etganlar hamda jarohat olganlarning oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda arxiv xarakteridagi videolar tarqatilgan boʻlib, bu bugungi voqealarga aloqador emasligini bildiramiz, deyiladi vazirlik bayonotida.

Asosiy mavzular