18:11 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Yangiliklar
Havola olish
712 0 0

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi raisi yordamchisi Iya Malkina YEOII mamlakatlari oʻrtasida qatnovlar qayta tiklanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirdi

Transport qatnovini qayta tiklash boʻyicha qarorlar milliy darajada qabul qilinadi, deya taʼkidladi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi raisi oʻrinbosari Iya Malkina. YEIK oʻzi tomonidan qatnovlar tiklanishi boʻyicha kriteriylarni taklif etmoqda, dedi u.

Xususan, Malkina soʻzlariga koʻra, YEIK xayʼati seshanba kuni fuqarolarni tashuvchi temir yoʻl qatnovida COVID-19 tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha metodologik tavsiyalarni taqdim etgan.

"Hujjatda poyezdlar va vokzallar, shu jumladan tashkiliy va profilaktik tadbirlar davomida ishlarni tashkil etish boʻyicha takliflar oʻrin olgan. Bu qatnovlarni qayta tiklash uchun sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan birinchi qadamdir", - dedi Malkina brifingda.

Bundan tashqari, COVID-19 qarshi vaktsinatsiyadan oʻtgan yoʻlovchilar uchun YEOII mamlakatlari orasida harakatlanish masalasini qayta ishlash boʻyicha qaror qabul qilingan, deb hikoya qildi Iya Malkina.

Eslatib oʻtamiz, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ishtirokchilari boʻlgan davlatlar - bu Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻizistondir. Oʻzbekiston, Moldova va Kuba - kuzatuvchi maqomiga ega.

Asosiy mavzular