10:15 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Yangiliklar
Havola olish
548 0 0

Prezident farmoniga muvofiq Davron Hidoyatov Toshkent viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

TOSHKENT, 30 yanv - Sputnik. Prezidentning 30 yanvardagi farmoni bilan Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etildi.

Uning oʻrniga shu vaqtga qadar Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Davron Hidoyatov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Shuningdek, Ulugʻbek Uzoqov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ulugʻbek Uzoqov ayni paytga qadar Jizzax viloyati Doʻstlik tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Asosiy mavzular