19:28 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Yangiliklar
Havola olish
311 0 0

Tovlamachilar ikki kishi boʻlgan. Ular oʻzgaga tegishli sim kartani 1 million soʻmga sotayotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirib olingan.

TOSHKENT, 30 yanv - Sputnik. Toyloqda oʻzganing shaxsiy maʼlumotlarini "Tik tok"da tarqatish bilan qoʻrqitgan tovlamachilar qoʻlga olindi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, IIBga sirdaryolik 31 yashar arizachi murojaat qilib, telefon raqamiga nomaʼlum shaxs telefon qilib, tanishi B. oʻrtasidagi shaxsiy suhbatlar, fotosuratlar va videotasvirlarni "Tik tok"da tarqatish bilan qoʻrqitgan va evaziga 1 million soʻm berishni talab qilgan. Tovlamachi oʻzini samarqandlik Fedya deb tanishtirgan.

IIB tezkor vakillari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida Samarqand viloyati Toyloq tumani Jumabozor qishlogʻida yashovchi, 1998 yilda tugʻilgan B.F. va 1992 yilda tugʻilgan F.B.lar arizachiga tegishli sim kartani 1 million soʻmga sotayotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirib olingan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga koʻra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Asosiy mavzular