Safar davomida qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik, toʻqimachilik, charm-poyabzal tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishish ham rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 4 fev - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bunyodkorlik ishlari bilan tanishish uchun Fargʻonaga joʻnab ketdi. Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Safar davomida qishloq xoʻjaligi, hunarmandchilik, toʻqimachilik, charm-poyabzal tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirish rejalashtirilgan.
Davlat rahbari bundan oldin Fargʻona viloyatiga oʻtgan yili iyunda kelgan edi.