Rossiyadagi o‘zbekistonliklardan ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik so‘ralmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishUchastniki nesanksionirovannoy aksii storonnikov Alekseya Navalnogo na Pushkinskoy ploshadi v Moskve
Uchastniki nesanksionirovannoy aksii storonnikov Alekseya Navalnogo na Pushkinskoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2021
Obuna bo‘lish
Rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasi qonunlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.
TOShKENT, 5 fev - Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklardan ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikni so‘ramoqda.
Nesanksionirovannaya aksiya v podderjku kandidatov v deputati Mosgordumi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.01.2021
Rossiya TIV AQShning noqonuniy mitinglar haqidagi bayonotiga keskin javob berdi
"So‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.
Shu munosabat bilan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan bunday ommaviy nomoyishlarda ishtirok etmaslikni, Rossiya Federatsiyasi qonunlariga rioya etishni va odamlar ko‘p to‘planayotgan joylarga bormaslikni so‘raydi", - deyiladi xabarda.
Qonun barchaga barobar, ortingda 14 davlat diplomatlari turgan bo‘lsa ham... >>>
Ta’kidlanishicha, bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya Federatsiyasi qonunlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.
Navalniy kimning "loyihasi" va uni Rossiyada nima kutmoqda? >>>
Yangiliklar lentasi
0