00:59 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Yangiliklar
Havola olish
752 0 0

Olimlarning taʼkidlashicha, qorin dam boʻlishi organizmda kechayotgan jiddiy buzilishlardan darak berishi mumkin.

TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Qorin dam boʻlishining asosiy belgisi, odatda, - qorin dam boʻlishini (gaz yigʻilishini) oshiruvchi mahsulotlarni haddan koʻp isteʼmol qilishdir.

Ammo, Express nashri Britaniya onkologiya uyushmasiga tayanib, xabar berishicha, bu ichak saratoni belgisi boʻlishi ham mumkin.

Qorin dam boʻlishi - astsit - yaʼni qorinda suyuqlik toʻplanadigan bir holatdan signal beradi. Va u rak kasalligining birinchi belgisidir.

Bundan tashqari, nafaqat saraton kasalligi, balki gastroparez, yalligʻlangan ichak sindromi, glyuten kasalligi ham qorin dam boʻlib, kattalashib ketishiga sabab boʻlishi mumkin.

Har qanday holatda, yuqoridagi barcha sanab oʻtilgan kasalliklarni albatta davolash kerak. Qorin nega dam boʻlishi sabablarini shifokorga uchrab, aniqlashtirib, tegishli davolash muolajalarini olish lozim.

Asosiy mavzular