O‘zbekistonda yil oxiriga qadar daraxtlarni kesish man etildi

Nezakonnaya virubka mnogoletney chinari v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2021
Obuna bo‘lish
Shuningdek, noqonuniy kesilgan daraxt va butalar uchun esa uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup ko‘chat ekish majburiy etib belgilanmoqda.
TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning 3-fevraldagi farmoni bilan respublikada davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddati 2021-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi, deb xabar bermoqda "Gazeta.uz" nashri.
Toshkentdagi mahallalarga ajratilgan pul va daraxt ekish masalasi - video - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2021
Toshkentdagi mahallalarga pul ajratish va daraxt ekish masalalari haqida - video
Hujjat bilan har bir kesilgan daraxt va butalar uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan, yirik o‘lchamli ko‘chat ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish majburiyati kiritilmoqda.
Shuningdek, noqonuniy kesilgan daraxt va butalar uchun esa uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup ko‘chat ekish majburiy etib belgilanmoqda.
Daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida daraxt va butalarning noqonuniy kesilishini aniqlagan yoki oldini olgan fuqarolarni rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.
V Kuyichirchikskom rayone Tashkentskoy oblasti obnarujena virubka 52 derevyev. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2020
Toshkent viloyatidagi to‘qayzorda 52 tup daraxt kesib tashlandi
Avvalroq Davlat ekologiya qo‘mitasi moratoriy muddatini bir yilga uzaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun jarima miqdori ikki baravarga oshirilgandi.
Bunga qadar Prezidentning 2019-yildagi 30-oktabrdagi farmoni bilan moratoriy muddati 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrga qadar joriy etilgan edi.
Mazkur hujjat qabul qilingunga qadar, yanvar oyida Sergeli tumanida 14 tup har xil turdagi daraxtlar ruxsatnomasiz ildiz qismidan qo‘porib tashlandi. Oqibatda o‘simlik dunyosiga 151 million so‘mlik zarar etkazildi.
Yangiliklar lentasi
0