09:36 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Yangiliklar
Havola olish
367 0 0

Mazkur holat yuzasidan Z.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

TOSHKENT, 6 fev - Sputnik. Andijon viloyati Jalaquduq tumanida oʻz xizmat vazifasidan foydalanib bankomatlardan 345,5 mln soʻmni oʻzlashtirgan bank mutaxassisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Bosh prokuratura matbuot-xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga tayanib xabar bermoqda.

AT "Xalq banki" tuman filialining murojaatiga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda bankning bosh mutaxassisi Z.I. 2020 yilning dekabr va joriy yilning yanvar oyida tuman dehqon bozorida oʻrnatilgan bankomatlardan jami 345,5 mln soʻm naqd pulni olishga erishganligi aniqlangan.

Bank mutaxassisi ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflab, oʻzining ixtiyorida boʻlgan juda koʻp miqdordagi mulkni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Asosiy mavzular