09:31 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Yangiliklar
Havola olish
132 0 0

Ushbu anjumanning asosiy ishtirokchilari – Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqalari vakillari – Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Rossiya, Gruziya, Turkiya davlatlari sanaladi.

TOSHKENT, 17 fev - Sputnik. Gidroenergetika sohasida soʻnggi besh yillikda anʼanaviy ravishda oʻtkazilib kelinayotgan "Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy" beshinchi xalqaro anjumani va koʻrgazmasi 2021 yilning 17-18 fevral kunlari Toshkent shahrida tashkil etilmoqda.

Oʻtgan yillarda mazkur yirik kongress Qirgʻiziston, Gruziya hamda Rossiya Federatsiyalarida tashkil etilgan.

Alohida taʼkidlash joizki, ushbu tadbir gidroenergetika yoʻnalishida mamlakatimizda ilk marotaba tashkil etiladigan xalqaro koʻlamdagi yirik anjuman hisoblanadi. Anjuman mintaqalardagi gidroenergetika sohasining rivojlanishi va taraqqiy etishi, gidroenergetik inshootlarning qurilishi, modernizatsiyasi, muammo va istiqbollari boʻyicha oʻziga xos oʻzaro tajriba almashish, uzviy hamkorlik va muloqot maydonchasidir.

Ushbu anjumanning asosiy ishtirokchilari – Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqalari vakillari – Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Eron, Armaniston, Rossiya, Gruziya, Turkiya davlatlari sanaladi.

Anjuman koordinatori “Vostock Capital” kompaniyasi (RF) hisoblanadi. Ushbu kompaniya neft-gaz, agrosanoat hamda energetika tarmoqlari boʻyicha MDH, Lotin Amerikasi, Yevropa va Osiyo davlatlari uchun konsalting hamda xalqaro darajadagi konferentsiyalarni tashkil etishda yetakchi oʻrinda turadi.

Joriy 2021 yilgi anjumanda “Oʻzbekgidroenergo” aktsiyadorlik jamiyati asosiy strategik hamkor hisoblanadi. Muntazam ravishda oʻtkazib kelinadigan mazkur tadbirlarda mamlakatimiz nomidan “Oʻzbekgidroenergo” AJ doimiy va faol tarzda ishtirok etib kelmoqda.

Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun 2020 yilda xalqaro anjuman oldidan tayyorgarlik ishlariga bagʻishlangan qator onlayn shakldagi vebinarlar oʻtkazildi.

Mazkur yirik kongress uchun 150 dan ortiq kompaniyalar hamda 20 dan ortiq davlatlar vakillarining ishtirok etishmoqda.

Taʼkidlash joizki, ushbu anjuman gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar, sohadagi yangi innovatsion texnologiyalar hamda xorijiy investorlarni faol jalb qilish, olib borilayotgan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida oʻtkaziladi.

Mazkur yirik anjuman ikki kunlik Dastur asosida quyidagi yoʻnalishlarda oʻz ishini olib boradi:

– yangi yirik va oʻrta gidroelektr stantsiyalarini qurish tajribalari;

– mavjud GESlarni modernizatsiya qilish borasidagi amaliy ishlar;

– kichik va mikro GESlarni qurish;

– ishlayotgan gidroelektr stantsiyalarni raqamlashtirish;

– GES uskunalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish aktivlarini samarali boshqarish tizimlari;

– GESlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish strategiyasini ishlab chiqish va optimallashtirish;

– Obʼyektlarni diagnostika qilish va monitoring qilish tizimini takomillashtirish;

– ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va boshq.

Shu bilan birga, anjuman doirasida Oʻzbekistondagi GES va kaskadlar faoliyati bilan yaqindan tanishish koʻzda tutilgan boʻlib, bu borada, tadbirning ikkinchi kuni – 18 fevralda “Qodiriya GESlar kaskadi” UK tarkibidagi Qodiriya GES-3 ga xorijiy mehmonlar ishtirokida maxsus press-tur uyushtirilishi koʻzda tutilmoqda.

Mazkur yirik gidroenergetika forumi va koʻrgazmasi Yevropa, Lotin Amerekasi, Buyuk Britaniya, Eron, Gruziya va MDH davlatlari hamkorligida energetika sohasini rivojlantirish, soha mutaxassislari ishtirokida asosiy masalalarni muhokama qilish hamda tajriba almashish maqsadida oʻtkazib kelinadi.

Forumdan oʻrin olgan asosiy maʼruzalar mamakatimizda gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, joriy va kutilayotgan istiqbollarga bagʻishlanishi kutilmoqda.

Kongress doirasida asosiy 40 taga yaqin maʼruza oʻrin olgan boʻlib, soha mutaxassislari ishtirokida bir qator davra suhbatlari, seminarlar, brifinglar tashkil etiladi.

Asosiy mavzular