17:12 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)
68301

Jurnalistlar va blogerlarning birinchi navbatda vaktsina oluvchilar roʻyxatiga kiritilgani qizgʻin muhokamaga sabab boʻldi

TOSHKENT, 23 fev - Sputnik. Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi, sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyevning "Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan, aholini koronavirusga qarshi emlash borasida rejalashtirilayotgan ishlar toʻgʻrisida"gi axborotini eshitmoqdalar.

Deputatlar taʼkidlaganidek, ayni kunlarda koronavirusga qarshi birinchi navbatda vaktsina oluvchilar roʻyxatiga jurnalistlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari hamda jamoat transporti xodimlari, shuningdek chet davlatlarda tahsil oluvchi talabalar va mehnat migrantlari ham kiritilganligi ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, mazkur roʻyxatni adolatli tarzda qayta koʻrib chiqishni taqoza qilmoqda.

Mazkur masala yuzasidan xalq vakillari tomonidan Hukumatga bir qator takliflar berildi.

Aholini emlash tadbirlariga jalb etiladigan tibbiyot va boshqa xodimlar joriy yilning fevral oyi yakuniga qadar koronavirusga qarshi emlash masalalari boʻyicha qayta va toʻliq tayyorgarlikdan oʻtkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, emlanishi lozim boʻlgan shaxslarning elektron roʻyxatini shakllantirish, 3 138 ta emlash punkti, 862 ta harakatdagi va mobil brigadalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, mavjud 1 ta markaziy, 14 ta hududiy hamda 206 ta tuman (shahar) vaktsina saqlash omborxonalarini, ulardagi 457 ta sovutkich, 148 ta elektr generator, 121 ta termosumka va termokonteynerni shay holatiga keltirish ishlari olib borilmoqda.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish jarayoni mamlakat, xalq uchun eng muhim va dolzarb masalalardan biri ekanligidan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Koronavirusga qarshi emlash, jumladan, vaktsinatsiya jarayonining ixtiyoriyligi, birinchi navbatda emlanishi nazarda tutilmagan aholi toifalarini emlash, vaktsinatsiya natijasida roʻy berishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar kabi masalalar bilan bogʻliq holatlarni qonuniy hal etish uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Xalqaro tajribadan kelib chiqib, xavf guruhiga kiruvchi shaxslarni birinchi navbatda emlash nazarda tutilmoqda.

Parlament eshituvida xalq vakillari keksa va nuroniylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, yaʼni “Temir daftar”ga kiritilgan va nogironligi hamda surunkali kasalliklari boʻlgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, maktab oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini birinchi navbatda emlash ishlarini tashkil qilish maqsadga muvofiq boʻlar edi, degan taklifni ilgari surdilar.

Xalq vakillarining hududlardagi faoliyati doirasida koronavirusga qarshi emlash ishlarining tashkil qilinish jarayonlari ustidan ham taʼsirchan parlament nazorati oʻrnatilishi aytib oʻtildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1379)

Asosiy mavzular