15:37 28 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Yangiliklar
Havola olish
243 0 0

Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, bir-birini takrorlovchi va bugungi kun talablariga javob bermaydigan hujjatlarni aniqlash va ularni bekor qilish taklif etilmoqda

TOSHKENT, 23 fev - Sputnik. Adliya vazirligi bir-birini takrorlovchi va bugungi kun talablariga javob bermaydigan hujjatlarni bekor qilishni taklif etmoqda.

Vazirlik axborot xizmati xabar berishicha, bir masala yuzasidan bir nechta hujjatlarning mavjudligi fuqarolar hayoti va tadbirkorlar faoliyatida quyidagi muammolarni keltirib chiqarmoqda:

birinchidan, fuqarolar va tadbirkorlar muayan masala boʻyicha aynan qaysi hujjatga amal qilishi kerakligi yuzasidan savollarni tugʻdirmoqda, natijada masalani tushunish va unga huquqiy yechim topish uchun yuzlab hujjatlarni koʻrib chiqishga toʻgʻri kelmoqda;

ikkinchidan, huquqiy axborotdan foydalanishda va huquqshunos xizmatlari bilan bogʻliq sarf-xarajatlarning ortishiga sabab boʻlmoqda;

uchinchidan, hujjatlar oʻrtasida ziddiyatlar, takrorlanishlarni keltirib chiqarmoqda, va natijada hujjatlarni amaliyotda qoʻllanilishida qiyinchiliklar kelib chiqmoqda.

Shu kabi muammolarninng dolzarbligini inobatga olgan holda Adliya vazirligi tomonidan barcha sohalarda qonunchilikni tizimlashtirish orqali qonunchilik bazasini qisqartirish yoki boshqa soʻz bilan aytganda kesib tashlash (“tartibga soluvchi gilotina” usuli orqali) ishlari samarali yoʻlga qoʻyilgan.

Shu yoʻnalishda, jumladan, 2020 yilda 500 ga yaqin hujjatlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. Shuningdek, kuni kecha 2000 ga yaqin Vazirlar Mahkamasining hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori qabul qilindi.

Shu kunlarda "Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" prezident Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarildi.

Mazkur Farmon loyihasida quyidagilar taklif etilmoqda:

  • tadbirkorlik, savdo, mulk huquqi, qurilish, xususiylashtirish, transport, sogʻliqni saqlash, pasport, propiska tizimi sohasidagi hujjatlarni toʻliq koʻrib chiqib, har bir soha kesimida ularni birlashtirish;
  • oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, bir-birini takrorlovchi va bugungi kun talablariga javob bermaydigan hujjatlarni aniqlash va ularni bekor qilish;
  • eskirgan hujjatlarning kerakli qoidalarini predmeti boʻyicha yaqin boshqa hujjatlarga koʻchirish;
  • davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tizimlashtirish orqali ularning sonini qisqartirish;
  • yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan hujjat shakliga oʻtkazish orqali ayrim idoraviy hujjatlarni bekor qilish.

Asosiy mavzular