Qamchiq dovoni yuk mashinalari uchun yopildi

© MChS UzbekistanaPereval Kamchik funksioniruyet v shtatnom rejime, dvijenie otkrito
Pereval Kamchik funksioniruyet v shtatnom rejime, dvijenie otkrito - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2021
Obuna bo‘lish
Vazirlik tomonidan e’lon qilingan videoda "Qamchiq" maxsus-qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i fuqarolardan zarurat bo‘lmasa dovon orqali harakatlanmaslikni so‘ragan.
TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi havo haroratining keskin pasayishi va kuchli qor yog‘ishi natijasida yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘layotgani sabab Qamchiq dovoni yuk mashinalari uchun yopilganini ma’lum qildi.
Shu kunlarda kutilayotgan sovuq havoda ekin va daraxtlarni qanday saqlash kerak?
"Shamol kuchaygan, dovonda ayni payt havo harorati -12 gradusni tashkil etmoqda. Hozircha yengil avtomobillar harakatlanmoqda. Qor yog‘ishi kuchayib, yo‘llarda harakatlanish xavf tug‘dira boshlasa, Qamchiq to‘liq yopilishi ham mumkin", — deyiladi xabarda.
Vazirlik tomonidan e’lon qilingan videoda "Qamchiq" maxsus-qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi boshlig‘i fuqarolardan zarurat bo‘lmasa dovon orqali harakatlanmaslikni so‘ragan.
Avvalroq, O‘zgidromet mamlakatda 25-27 fevralda sovuq ob-havo kutilayotgani haqida ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0