https://oz.sputniknews.uz/20210309/Frantsiyada-ituvchini-ldirgan-otilni-sherigi-Tozhikiston-fuarosi-blib-chidi-16155830.html
Fransiyada o‘qituvchini o‘ldirgan qotilni sherigi Tojikiston fuqarosi bo‘lib chiqdi
Fransiyada o‘qituvchini o‘ldirgan qotilni sherigi Tojikiston fuqarosi bo‘lib chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Fransiyalik tergovchilar Parij yaqinida maktab o‘qituvchisini boshidan judo qilgan radikal islomchi muloqotda bo‘lgan suriyalikning shaxsini aniqladilar 09.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-09T12:08+0500
2021-03-09T12:08+0500
2021-03-09T12:08+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/1e/15502769_0:310:3072:2048_1920x0_80_0_0_1946f36c280da2299b715deb392ea64b.jpg
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Maxsus xizmatlar Fransiyada o‘qituvchini boshidan judo qilgan terrorchining sherigini aniqladilar, u Tojikiston fuqarosi bo‘lib chiqdi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston nashri Le Parisien gazetasiga tayangan holda.Qotilning sherigi Faruk Shami - Suriyadagi "Xayat Tahrir ash-Shom" (RFda ta’qiqlangan "Jabxat an-Nusra"ning yana bir nomi) terroristik uyushmasining faol ishtirokchisi ekanligi ma’lum bo‘ldi.Qotil, radikal islomchi, 18 yashar Abdulloh Anzorov 2020-yilning oktabrida Konflan-Sent-Onorin komunnasida o‘qituvchini boshidan judo qilishdan oldin aynan u bilan muloqotda bo‘lgan.Politsiyachilar Anzorovni yo‘q qilishlaridan oldin u Instagram da oxirgi xabarni Dnevnik_71 niki ostidagi foydalanuvchiga yozgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu nik ostidagi foydalanuvchi tojikistonlik Faruk Shami bo‘lib chiqadi.Erkak o‘z akkauntida o‘zini Suriyadagi noqonuniy qurollangan uyushmalar faoliyatini yoritadigan mustaqil jurnalist sifatida ko‘rsatgan.Ammo, fransuz nashrining yozishicha, aslida Faruk Suriyadagi nomi uqorida tilga olingan terroristik guruhning faol ishtirokchilaridan biri bo‘lgan.Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 16-oktabrida kechqurun Fransiyaning Konflan-Sent-Onorin komunnasida mahalliy maktab yonida tarix va geografiya fani o‘qituvchisi Samuel Patiga hujum uyushtirilgan edi.Jinoyat qurbonning bo‘ynidan so‘ygan, so‘ngra jinoyat sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan politsiyachilarga tahdid qila boshlagan va oqibatda otib o‘ldirilgan.Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron sodir bo‘lgan hodisani terakt, deb nomladi.
https://oz.sputniknews.uz/20201020/Frantsiyada-ldirib-ketilgan-ituvchi-Fakhriy-legion-ordeni-kavaleri-bldi-15219218.html
https://oz.sputniknews.uz/20201207/Chechenistonda-frantsuz-ituvchisini-ldirgan-otilning-dafn-marosimi-anday-tkazildi-15554091.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/1e/15502769_0:118:3072:2048_1920x0_80_0_0_c0fbef3b2c06b27bc9b4773ede7422c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
yangiliklar
Fransiyada o‘qituvchini o‘ldirgan qotilni sherigi Tojikiston fuqarosi bo‘lib chiqdi
Fransiyalik tergovchilar Parij yaqinida maktab o‘qituvchisini boshidan judo qilgan radikal islomchi muloqotda bo‘lgan suriyalikning shaxsini aniqladilar
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Maxsus xizmatlar Fransiyada o‘qituvchini boshidan judo qilgan terrorchining sherigini aniqladilar, u Tojikiston fuqarosi bo‘lib chiqdi, deb xabar bermoqda
Sputnik Tojikiston nashri Le Parisien gazetasiga tayangan holda.
Qotilning sherigi Faruk Shami - Suriyadagi "Xayat Tahrir ash-Shom" (RFda ta’qiqlangan "Jabxat an-Nusra"ning yana bir nomi) terroristik uyushmasining faol ishtirokchisi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Qotil, radikal islomchi, 18 yashar Abdulloh Anzorov 2020-yilning oktabrida Konflan-Sent-Onorin komunnasida o‘qituvchini boshidan judo qilishdan oldin aynan u bilan muloqotda bo‘lgan.
Politsiyachilar Anzorovni yo‘q qilishlaridan oldin u Instagram da oxirgi xabarni Dnevnik_71 niki ostidagi foydalanuvchiga yozgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu nik ostidagi foydalanuvchi tojikistonlik Faruk Shami bo‘lib chiqadi.
Erkak o‘z akkauntida o‘zini Suriyadagi noqonuniy qurollangan uyushmalar faoliyatini yoritadigan mustaqil jurnalist sifatida ko‘rsatgan.
Ammo, fransuz nashrining yozishicha, aslida Faruk Suriyadagi nomi uqorida tilga olingan terroristik guruhning faol ishtirokchilaridan biri bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 16-oktabrida kechqurun Fransiyaning Konflan-Sent-Onorin komunnasida mahalliy maktab yonida tarix va geografiya fani o‘qituvchisi Samuel Patiga hujum uyushtirilgan edi.
Jinoyat qurbonning bo‘ynidan so‘ygan, so‘ngra jinoyat sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan politsiyachilarga tahdid qila boshlagan va oqibatda otib o‘ldirilgan.
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron sodir bo‘lgan hodisani terakt, deb nomladi.