04:38 10 Dekabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9408.25
  • USD8314.85
  • Shavkat Mirziyoyev 14 iyun kuni Moskvaga tashrif buyurganda Mundialning rasmiy toʻpiga dastxat qoʻydi.
  • 29 aprel - 1 may kunlari Oʻzbekistonga Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdoʻgʻon rafiqasi bilan tashrif buyurdi.
  • Shu yil iyun oyida Oʻzbekiston prezidenti SHHT sammitida ishtirok etish uchin Tsindaoga tashrif buyurdi.
  • Prezident Shavkat Mirziyoyev Pentagonda AQSH mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muzokara olib bordi.
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Raxmon
  • Shu yil may oyida Shavkat Mirziyoyev AQShga birinchi rasmiy davlat tashrifini amalga oshirdi.
  • Livan bosh vaziri Saad Xariri, Rossiya prezidenti  Vladimir Putin, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev
  • Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev
  • 15 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom tsivilizatsiyasi markazi poydevoriga ramziy tamal toshini qoʻydi.
  • 13 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Sharqiy harbiy qismiga tashrif buyurdi
  • Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmazordagi Karlar jamiyatining kar-soqovlar madaniyat markaziga tashrif buyurdi
  • Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi chogʻida Forish togʻ-dala poligonini borib koʻrdi.
  • 23 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov bilan uchrashdi.
  • Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi.
  • Huquq tartibot organlar faol ravishda zamonaviy texnologiyalar tatbiq etilmoqda.
  • Prezident mart oyida Zarbdor tumanidagi Zarbdor tekstil MCHJ faoliyati bilan tanishdi.
  • Shu yil iyun oyida prezident Fargʻona viloyati Margʻilondagi kiyim tikish korxonasiga tashrifi buyurdi.
  • Oʻzbekistonda qorakoʻl mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va ularning turlarini koʻpaytirishga qaratilgan keng koʻlamli tarkibiy oʻzgartirishlar amalga oshirilmoqda.
  • Shu yil boshida prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi Jarqoʻrgʻon meva-sabzavot eksport korxonasiga tashrif buyurdi.
  • Prezident deyarli har bir safar chogʻida fuqarolar bilan muloqot qilib, ularning muammolarini hal qilish uchun vaqt topadi.
  • Mamlakatda jadal suratlarda iqtisodiyot rivojlanmoqda.
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev 14 iyun kuni Moskvaga tashrif buyurganda "Mundial"ning rasmiy toʻpiga dastxat qoʻydi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 61 yoshni qarshi oldi.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tugʻilgan.

Oliy maʼlumotli, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi.

1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.

1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi.

Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi muhim qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida faol ishtirok etib, samarali faoliyat olib bordi.

SH.M.Mirziyoyev 2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasining bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta – 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi.

8 sentyabr kuni Oʻzbekiston prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha bosh vazir Shavkat Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.

4 dekabr kuni boʻlib oʻtgan prezident saylovi yakunlari boʻyicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrda rasman oʻz vazifasini bajarishga kirishdi.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular