06:21 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
  • Shartli  dushman bazalariga Mudofaa vazirligi harbiy havo kuchlari tarkibidagi qiruvchi samolyotlar zarbalar berdi.
  • Shu paytgacha Oʻzbekiston armiyasida bunday keng koʻlamli toʻsatdan tekshiruv oʻtkazilmagandi.
  • Harbiy qismlarining jangovar tayyorgarligini kompleks tekshirish maqsadida 26 noyabr tongda “Trevoga!” signali berilgandi.
  • Mudofaa vazirligi qoʻshinlari sakkizta poligonga joylashtirildi.
  • Shartli  dushman bazalariga qiruvchi samolyotlardan zarbalar berildi.
  • Mashgʻulotlar 30 noyabrgacha davom etadi.
  • Qoʻshinlar oʻquv-jangovar vazifalarni bajarish punktlariga tashlandi.
  • Tekshiruvda xavfsizlik qoidalariga, harbiy texnika va qurollarning sozligiga qatʼiy rioya qilindi.
  • Qoʻqqisdan tekshiruv davomida qoʻshinlar harakati ustidan nazorat va tahlilni maxsus tuzilgan Hukumatlararo ishchi komissiyasi olib bormoqda.
  • Jang maydonida zirhli qalqon tankchilar boʻlinmasi paydo boʻldi.
  • Shartli ogʻir yaralangan harbiy xizmatchilarni jang maydonidan olib chiqish, vertolyotda evakuatsiya qilish jarayoni namoyish etildi.
  • Qoʻqqisdan tekshiruvning asosiy maqsadi — Mudofaa vazirligi qoʻshinlari va boshqaruv organlarida amalga oshirilganishlarni baholash hamda tahlil qilishdan iborat.
© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.
Shartli dushman bazalariga Mudofaa vazirligi harbiy havo kuchlari tarkibidagi qiruvchi samolyotlar zarbalar berdi.

Mudofaa vazirligi harbiy qismlarining jangovar tayyorgarligini kompleks tekshirish maqsadida 26 noyabr tongda “Trevoga!” signali berilgandi.

Signaldan soʻng Mudofaa vazirligi markaziy apparati, barcha harbiy okrug va boʻlinmalarda zarur tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Harbiy poligonlarda bir nechta maxsus-taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Chirchiq dala oʻquv maydonida oʻtkazilgan mashgʻulotlarda havo-desantchilari, artilleriyachilar, motooʻqchilar, tankchilar, maxsus operatsiya kuchlari hamda Harbiy havo kuchlari boʻlinmalari qatnashdi.

Shartli dushman bazalariga va u joylashgan hududlarga harbiy havo kuchlari tarkibidagi qiruvchi samolyotlar va vertolyotlardan zarbalar berildi.

Shundan keyin jang maydonida zirhli qalqon tankchilar boʻlinmasi paydo boʻldi. Ular tank biatlonida qoʻllaniladigan “Suvli toʻsiq”, “Eskarp” va “Tirsakli koʻprik”dan moxirona oʻtib, belgilangan marrani egalladi.

Mudofaa operatsiyasini olib borish jarayonida, shartli ogʻir yaralangan harbiy xizmatchilarni jang maydonidan olib chiqish, vertolyotda evakuatsiya qilish jarayoni namoyish etildi.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular