07:52 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
© REUTERS / Thomas Peter
Odamlar Qoshgʻarda Xioy bayroqlari yonidan oʻtishmoqda, Sintszyan-Uygʻur avtonom tumani, Xitoy

Xitoyda islom diniga eʼtiqod qiluvchilar soni ancha. Xitoy musulmonlarining turmush tarzini Sputnik fotojamlanmasida tomosha qiling.

Islom dini Xitoyga Tan sulolasi davrining boshlarida (618-907 yillar) shimoliy-gʻarbdan Sin-tszyan orqali va dengiz orqali janubiy-sharqdan kirib kelgan.

Oʻsha davrda Xitoy musulmonlari asosan arab va forslardan tashkil topgan. Tan sulolasi davrida Xitoy ham Markaziy Osiyo, ham Arab podshohliklari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻygan.

Bugunchi kunda Xitoyda 20 million nafar musulmonlar hayot kechirishadi. Ular kommunistik tuzum sharoitida oʻz dini va madaniyatini saqlash qolishga muvaffaq boʻlishgan.

Masjidlar qurilishi, Hajga borish hamda nazariy asarlar tarjimasi va tadqiqoti Xitoyda islom dinining rivojlanishi va tarqalishining muhim usulidir. Islom Xitoyda tarqalgandan keyin asta-sekin Xitoy milliy madaniyatiga ega boʻldi. Shunday qilib, xitoycha oʻziga xos boʻlgan din paydo boʻldi.

 

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular