00:12 23 Yanvar 2019
Efir
  • RUB126.33
  • EUR9518.45
  • USD8378.18
  • 17-oye plenarnoye zasedaniye Senata Oliy Majlisa RUz

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Toshkentda Senatning 17-yalpi majlisi oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida mamlakat Oliy Majlisi senatining 17-yalpi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Majlis ishi ikki kun davom etadi

Sneatorlar Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjetini muhokama qiladilar, Bojxona xizmati organi xodimlari kunini belgilaydilar. Majlis ishida 28ta masala koʻrib chiqiladi.

Shundan 17 tasi qonunlarni tashkil etadi. Ular orasida “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”, "Urugʻchilik toʻgʻrisida", "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida", "Oʻzbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida"gi va boshqa qonunlar bor.

Shuningdek, Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari muhokama etiladi.

Senatda, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, tashqi ishlar vazirining axborotlari, Fargʻona viloyati hokimining hisoboti, Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlash masalalari boʻyicha Parlament komissiyasi raisining Komissiya faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti eshitiladi.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular