05:12 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
© REUTERS / Mike Blake
Kaliforniyada Oyning toʻliq tutilishi

Dushanba kuni bu yildagi birinchi oy tutilish hodisasi sodir boʻldi. Oy alvon tusga kirdi.

Qonli oy tez-tez uchrab turadigan hodisa. Dunyoning baʼzi bir chekkalarida dushanba kuni bu yildagi birinchi oy tutilish hodisasi kuzatildi. Oyning tutilishida Oy va Quyosh oʻrtasiga Yer tushib qoladi. Bu hodisa, albatta, toʻlin Oy sharoitida yuz beradi. Oy toʻliq yoki qisman tutilishi mumkin. Toʻliq tutilishda Yerning soyasi Oy sirtini toʻliq qoplaydi va u alvon tusga kiradi. Oyning koʻzdan yoʻqolib qolmasligiga sabab, Quyosh nurlarining Yer atmosferasidan sinib, Oy sirtini yoritishidir. Shu sababli u alvon tusiga kiradi.

Mazkur hodisaning eng yorqin suratlarini Sputnik jamlanmasida tomosha qiling.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular