10:20 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
  • V Tashkente proshlo torjestvennoye meropriyatiye posvyaщyonnoye 30 y godovщine vыvoda Sovetskix voysk iz Afganistana.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
V Tashkente proshlo torjestvennoye meropriyatiye posvyaщyonnoye 30 y godovщine vыvoda Sovetskix voysk iz Afganistana.

Ikkinchi fevral kuni Toshkent sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqarilishi 30 yilligi hamda VETERAN uyushmasi tashkil topganiga 25 yil toʻlishini katta tantana bilan nishonladi

Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida 1-3 fevral kunlari VETERAN veteran-jangchilar va nogironlar birlashmasi tashkil topganining 25 yilligi hamda sovet qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqarilganining 30 yilligiga bagʻishlangan keng koʻlamdagi tadbirlar oʻtkazilmoqda.

1-fevral kuni oʻtkazilgan tantanali tadbirlarda "Boyevoye bratstvo" xalqaro ittifoqi Oliy kengashi aʼzosi, Sovet ittifoqi Qahramoni general-leytenant Ruslan Aushev; RF Federal kengash Federal kengashi aʼzosi, Afgʻoniston veteranlari Rossiya ittifoqi boshqarmasi raisi Frants Klintsevich, shuningdek, Belarus, Ukraina, Moldova, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Boltiqboʻyi mamlakatlari veteran tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Toshkentda 1-fevral kuni MDH davlatlari hukumat rahbarlari Kengashi huzuridagi jangchi-baynalmillalchilar ishlari boʻyicha qoʻmitasining Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisi oʻtkazildi. Xuddi shu kunning oʻzida mehmonlar Temuriylar davlat muzeyi va Qurolli Kuchlar muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishdilar va shahardagi tarixiy obidalarni ziyorat qildilar.

2-fevral kuni Mustaqillik maydonidagi memorial-majmuada Afgʻonistonda sovet qoʻshinlari tarkibida oʻz harbiylik burchini ado etayotib halok boʻlgan 1514 inson ismlari oʻyib yozilgan Xotira Kitobining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Soʻngra "Turkiston" saroyida veteranlarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi va ularga bayram kontserti tashkillashtirildi.

Tadbirga Oʻzbekiston Respublikasining barcha viloyatlaridan veteranlar, halok boʻlgan harbiylar oilasi aʼzolari, jamoatchilik va yoshlar tashkilotlari aʼzolari taklif etildi.

Barcha tadbirlar Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov qaroriga binoan Hukumat, Mudofaa vazirligi, Yoshlar ittifoqi va jamoatchilik tashkilotlari koʻmagida tashkillashtirilgan.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular