10:45 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
  • Vnezapnaya proverka boyegotovnosti voysk Minoboronы RUz prodoljayetsya. Podrazdeleniya sdayut kontrolnuyu proverku.
Press-slujba Ministerstva oboronы RUz
Vnezapnaya proverka boyegotovnosti voysk Minoboronы RUz prodoljayetsya. Podrazdeleniya sdayut kontrolnuyu proverku.

Qoʻshinlarning jangovar tayyorgarligini toʻsatdan tekshirish davom etmoqda. Boʻlinmalar nazorat sinovlarini topshiryapti.

26 mart kuni Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi qoʻshinlarining jangovar tayyorgarligini majmuaviy tekshirish boshlangan edi.

Mashgʻulotlar davomida Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari "Muborak" va "Nuriston" umumqoʻshin dala-oʻquv maydonlariga, shuningdek, havo va yer orqali mahalliy notanish hududlarga tashlandi.

Bundan tashqari jangovar mashgʻulotlarga Markaziy harbiy okrugga qarashli ayrim boʻlinmalar ham jalb etilgan boʻlib, ular Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugining asosiy kuchlariga jangovar koʻmak berish maqsadida harbiy texnikalar orqali marshni amalga oshirdi va belgilangan hududga joylashdi.

28 mart kuni harbiy xizmatchilar hamda boʻlinmalar tomonidan jangovar tayyorgarlik fanlari boʻyicha nazorat-tekshiruv mashgʻulotlaridan sinovlar topshirishi boshlandi.

Eslatib oʻtamiz, mashgʻulotlarning asosiy maqsadi boʻlinmalarning jangovar tayyorgarligi va birligini tahlil qilish hamda baholashdan, harbiy qismlar, texnika va qurol-aslahalarning oʻquv-jangovar vazifalarni bajarishga shayligini tekshirishdan iborat.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular