01:51 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlab mamlakatimizda anʼanaga aylanib borayotgan ikkinchi tank biatloni musobaqasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Bugun 9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlab Oʻzbekistonda anʼanaga aylanib borayotgan ikkinchi tank biatloni musobaqasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tank biatloni "Chirchiq" umumqoʻshin dala oʻquv maydoni bazasidagi maxsus maydonda oʻtkazildi.

Tantanali marosimni Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov kirish soʻzi bilan ochib berdi va mazkur bellashuv harbiy xizmatchilar oʻrtasida musobaqadoshlik, oʻzaro jipslik va hamjihatlik muhitini shakllantirish, ularning kasbiy malaka va mahoratini yuksaltirishga xizmat qilishini aytib oʻtdi.

Soʻzga chiqqanlar tomonidan bugungi tadbir bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, oʻz hayotini Oʻzbekistonning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlar muqaddas xotirasini yod etish kunlari arafasida, mamlakatda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik qadr-qimmati, osudalikni saqlash, mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bagʻrikenglik va hayr-sahovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy anʼanalarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida kamol toptirish tadbirlari doirasida oʻtkazilishi katta ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlandi. Tank biatloni ishtirokchilariga ulkan zafarlar tilandi.

Yakuniy hisob-kitoblarga koʻra quyidagi jamolar gʻoliblar qatoridan oʻrin oldi.

T-62 tank ekipajlari orasida: 1-oʻrin — Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug; 2-oʻrin — Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug; ·        3-oʻrin — Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug.

T-64 (takomillashtirilgan) tank ekipajlari orasida: 1-oʻrin — Sharqiy-harbiy okrug ekipaji; 2-oʻrin — Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti; 3-oʻrin — Sharqiy-harbiy okrug.

T-72 tank ekipajlari orasida: 1-oʻrin — Toshkent harbiy okrugi ekipaji; 2-oʻrin — Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug; 3-oʻrin — Markaziy harbiy okrug.

Gʻolib va sovrindor jamoalar mudofaa vaziri tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar, navbatdagi harbiy unvonlar hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan byudjet yengil avtotransport vositalariga imtiyozli ravishda kredit olish huquqini qoʻlga kiritishdi.

Yana fotolavhalar

  • Toshkentdagi Ekspomarkazda homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi oʻz ish faoliyatini boshladi.
    Oxirgi yangilanish: 16:58 03.04.2020
    16:58 03.04.2020

    Beminnat yordam: Toshkentdagi xayriya yordam markazi qanday ishlamoqda

    Toshkentning "Oʻzekspomarkaz" koʻrgazmalar markazida Xayriya ishlarini yagona muvofiqlashtiruvchi markaz faoliyati yoʻlga qoʻyildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

    391
    11
  • Oxirgi yangilanish: 14:18 03.04.2020
    14:18 03.04.2020

    "Tirsak salom", onlayn raqs va kelin niqobi – hafta suratlari

    Hafta oʻz poyoniga yetmoqda, jahonning yetakchi xalqaro foto-agentliklar va OAVlar tomonidan tasvirga olingan suratlarini eʼtiboringizga havola etamiz.

    1391
    18
  • Oxirgi yangilanish: 13:12 02.04.2020
    13:12 02.04.2020

    Prezidentlar maxsus niqoblari - foto

    Kovid yuqtirib olmaslik uchun odam shaxsiy himoya vositasi (niqob)da boʻlishi shart. Pandemiya kuchayishi tufayli prezidentlar va siyosatchilar himoya niqoblarini taqishga majbur boʻlishgan.

    667
    16
  • Oxirgi yangilanish: 13:39 01.04.2020
    13:39 01.04.2020

    Yangi trend: "Korona" koʻrinishidagi mazali shirinliklar - foto

    Dunyoda eng mashhur oshpaz va qandolatchilar COVID-19 koʻrinishida turli shirinliklar tayyorlashni boshlashdi. Alkogol ichimliklarini koronavirus “sharafiga” nomlashmoqda.

    430
    11

Asosiy mavzular