03:32 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
© Sputnik / Yekaterina Shtukina
30 maya 2019. Predsedatel pravitelstva RF Dmitriy Medvedev i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sleva napravo na pervom plane) vo vremya vstrechi v Tashkente.

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 29-30 may kunlari rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Tashrif davomida muhim bitimlar imzolandi. Shuningdek, Medvedev qadimiy Xiva boʻylab sayr qildi. Sputnik Medvedev tashrifining yorqin lahzalari aks etgan suratlarni eʼtiboringizga havola qiladi.

Rossiya hukumati rahbari 29 may kuni kechqurun Oʻzbekistonga keldi. Toshkent aeroportida uni mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov va poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev kutib oldi.

Ertasi kuni ertalab Medvedev prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi, soʻngra Rossiya — Oʻzbekiston hukumatlararo komissiyasining majlisida ishtirok etish uchun Urganch shahriga joʻnab ketdi. Uchrashuv yakunida taʼlim, iqtisodiyot, madaniyat, sanoat va sogʻliqni saqlash sohalarida bir qator hujjatlar imzolandi.

Xususan, Rossiya hukumati rahbari Moskva va Toshkent yaqin kelajakda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini hozirgi 4,5 milliard dollardan 10 milliard dollargacha  yetkazish niyatida ekanini taʼkidladi.

Oʻtkazilgan yigʻilishdan soʻng bosh vazirlar Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov Xiva shahriga borib, Ichan qalʼa boʻylab sayr qilishdi.

Yorqin suratlarni Sputnik fotojamlanmasida tomosha qiling.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular