23:43 18 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
  • Jenщinы v russkix natsionalnыx naryadax
  • Den rojdeniya Pushkina v Tashkente
  • Den rojdeniya Pushkina v Tashkente
  • Tyurdenev i narod na vozlojenii tsvetov Pushkinu
  • Den rojdeniya Pushkina v Tashkente
  • Tyurdenev na dne rojdeniya Pushkina v Tashkente
  • Jenщina chitayet stixi na dne rojdeniya Pushkina v Tashkente
  • Den rojdeniya Pushkina v Tashkente
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jenщinы v russkix natsionalnыx naryadax

Toshkentda Pushkin haykali poyiga gullar qoʻyildi hamda shoir ijodidan namunalar oʻqildi. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri tadbirda ishtirok etdi.

Bundan roppa-rosa 220 yil avval, 1799 yil 6 iyunda buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin tavallud topgan. Ushbu muhim sana munosabati bilan Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev toshkentliklar bilan birgalikda Pushkin haykali poyiga gul qoʻydi, Rossotrudnichestvo esa respublikada rus tili va madaniyatini asrab-avaylash, rivojlantirish va ommalashtirishga hissa qoʻshgan kishilarni taqdirladi.

Rus shoiri ijodi oʻzbekistonliklar oʻrtasida yuksak qadrlanadi. Qayd etish joizki, Toshkentda Pushkin koʻchasi, maydoni, yodgorligi, shuningdek, shoir nomi bilan atalgan metro stantsiyasi mavjud.

Kuni kecha Namanganda “Ezgu ilhom parisi” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan oʻquvchilar va talabalar Pushkin ijodidan namunalar oʻqishdi hamda uning portretiga gul qoʻyishdi.

Oʻtgan yili Oʻzbekistonning ikki taniqli madaniyat xodimi – Aleksandr Faynberg va Vladimir Shapiro – Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti – Pushkinning medali bilan taqdirlandi. Medal Rossiya bilan madaniy aloqalarni rivojlantirishga, shuningdek, rus tili va madaniyatini saqlab qolishga katta hissa qoʻshgan xorijiy davlatlarning fuqarolariga topshiriladi. Ushbu mukofotga 10 nafar oʻzbekistonlik sazovor boʻldi. Respublika Pushkin medali sovrindorlari soni boʻyicha mamlakatlar oʻrtasida yetakchiga aylandi.

Yana fotolavhalar

  • Oxirgi yangilanish: 19:31 17.06.2019
    19:31 17.06.2019

    Shamol etaklarini koʻtarib yuborgan yulduzlar – foto

    Barchaga maʼlumki, yulduzlar ommaga koʻrinish berishdan oldin koʻzgu qarshisida soatlab vaqtlarini sarflashadi. Boshqalardan ajralib turish uchun eng soʻnggi modadagi liboslarni kiyishadi. Baʼzida shamol ularning etaklarini koʻtarib yuborib, noqulay vaziyatga solib qoʻyishi pand beradi.

    1974
    15
  • Istoriya mucheniy, Bangladesh
    Oxirgi yangilanish: 17:31 14.06.2019
    17:31 14.06.2019

    Stenin nomli xalqaro tanlovning eng sara va yorqin suratlari

    Andrey Stenin nomli fotojurnalistika boʻyicha xalqaro tanlovning asosiy maqsadi - yoshsuratchilarni qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy fotojurnalistika muammolariga jamoatchilik fikrini qaratishdir. Finalchilarning eng sara va yorqin suratlar - Sputnik Oʻzbekiston fotojamlanmasida.

    414
    17
  • Oxirgi yangilanish: 20:59 08.06.2019
    20:59 08.06.2019

    Fargʻona vodiysi yuragi - Namangan xorijlik investorlarga qanday taklif bera oladi?

    Xalqaro investitsiya forumi yakunida chet ellik investorlar bilan umumiy qiymati 300 million dollardan ziyod shartnomalar, oʻzaro manfaatli kelishuvlarga erishilishi koʻzda tutilgan edi

    719
    12
  • Prazdnovaniye Namaz xayit v Tashkente
    Oxirgi yangilanish: 10:56 05.06.2019
    10:56 05.06.2019

    Oʻzbekistonda Ramazon hayiti nishonlanmoqda - fotoreportaj

    Bugun Oʻzbekistonda Ramazon hayiti nishonlanmoqda. 5 iyun kuni erta tongdan Toshkentdagi jome masjidlarda Ramazon hayiti namozlari oʻqildi. Sputnik eng sara suratlarni taqdim etadi.

    465
    18

Asosiy mavzular