7 avgust kuni Qirgʻiziston maxsus topshiriqli boʻlinmalari harbiylari sobiq prezident Almazbek Atamboyevning Chuy viloyatidagi Koy-Tosh qishlogʻida joylashgan qarorgohiga bostirib kirdi. Sobiq prezidentni qoʻlga olishga urinib, maxsus amaliyot oʻtkazishdi. Biroq bu muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.
Bugun Qirgʻizistonda parlamentning navbatdan tashqari majlisi boʻlib oʻtmoqda. Deputatlar sobiq prezident Atambayevni qoʻlga olishga urinish bilan bogʻliq boʻlgan vaziyatni muhokama qilishmoqda.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 52 kishi jabrlangan, spetsnazlardan biri koʻkragidan olgan jarohati tufayli halok boʻlgan. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov xavfsizlik kengashida Atamboyev qurolli qarshilik koʻrsatib, konstitutsiya va qonunlarni qoʻpol ravishda buzganini maʼlum qilgan.