16:02 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
  • Prazdnichnыy namaz v chest Kurban-xayita v Tashkente
  • Prazdnichnыy namaz v mecheti Xazrati Imam v Tashkente
  • Prazdnichnыy namaz po sluchayu Kurban-xayita v mecheti Tashkenta
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Oʻzbekistonda 11 avgust, yakshanba kuni Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda. Toshkentdagi Hazrati Imom jome masjidi ham erta tongdan musulmonlar bilan gavjum boʻldi.

Toshkentda Qurbon hayiti oʻzgacha shukuh, koʻtarinki kayfiyat bilan nishonlanmoqda. Erta tongdan Oʻzbekistondagi jome masjidlarida Qurbon hayiti namozi ado etildi. Toshkentdagi Hazrati Imom jome masjidi ham erta tongdan musulmonlar bilan gavjum boʻldi.

Qurbon hayit – musulmonlarning eng ulugʻ bayrami hisoblanadi.

Bayram kuni tong sahardan musulmonlar tahorat qilib, toza kiyim kiyishadi. Keyin masjidga borib namoz oʻqishadi. Namozdan soʻng qurbonlik qilinadi va bayram dasturxoni yoziladi. Qurbonlikdan barcha qoʻshnilarga, kambagʻal va nochorlarga tarqatiladi.

Qurbon hayiti kunlarida barcha musulmonlar bir-birlarini muborakbod etadilar. Qarindosh-urugʻlarni borib koʻrish, yoru birodarlarni ziyorat qilish, beva-bechoralar holidan xabar olish kabi ishlar ushbu kunda savobi ulugʻ amallardan hisoblanadi. Biror sababga koʻra arazlashgan, gina-kudratli tanish-bilishlar ham xuddi shu muborak ulugʻ kunlarda bir-birlariga quchoq ochsalar, oʻzaro uzr soʻrashsalar maqsadga muvofiq boʻladi. Chunki kechirimli va mehr-shavqatli boʻlish har bir musulmon uchun ham qarz, ham farzdir.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular