Termizda boʻlib oʻtgan xalqaro forumda olamshumul yangilik eʼlon qilindi. Bir necha ming yillar davomida faqat tarixiy kitoblarda nomi tilga olingan – Oks Iskandariya shahri topilgani dunyoga maʼlum qilindi.
Oks Iskandariyasi, yaʼni Amudaryo boʻyidagi Iskandariya shahri, Iskandar Zulqarnayn tomonidan asos solingan Yunon-Baqtriya davlatining sharqiy himoya qalʼasi hisoblangan. Oks Iskandariyasining gullab-yashnagan davri, eramizdan oldingi III – II asrlarga toʻgʻri keladi.
2 ming yildan ortiq ushbu shahar qayerda joylashganini hech kim aniq bilmagan. Oʻzbekistonlik arxeolog olim Edvard Vasilyevich Rtveladze Oks Iskandariyasining dastlabki nishonalarini 2007 yilda Termiz yaqinidagi Kampirtepa qoʻrgʻonidan topgan edi.
Noyob majmua qalʼa va tuzilishiga koʻra amfiteatrni eslatuvchi, atrofini oʻrab turuvchi binolardan iborat. Shahar nafaqat minorali devorlar, balki chuqur xandaqlar bilan ham mustahkamlangan. Olimlarning hisob-kitobiga koʻra, qalʼa gullab-yashnagan davrda bu yerda qariyb 900 nafar aholi istiqomat qilgan. Ikkinchi asrning oʻrtalarida Amudaryoning sathi keskin koʻtarilgandan soʻng odamlar bu yerni tark etgan.
Oks Iskandariyasi haqidagi olamshumul kashfiyot qachon eʼlon qilinishi maʼlum boʻldi
Sputnik Oʻzbekiston fotojamlanmasida shaxsan Iskandar Zulqarnayn asos solgan shahar hozirda qanday koʻrinishga egaligini tomosha qilishingiz mumkin.