11:24 08 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
  • Novыy detskiy sad otkrыli v Sergeliyskom rayone Tashkenta.
  • Novыy detskiy sad otkrыli v Sergeliyskom rayone Tashkenta.
  • Novыy detskiy sad otkrыli v Sergeliyskom rayone Tashkenta

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ochildi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbari Agrippina Shin Sergelidagi maktabgacha taʼlim maskani haqida soʻz yuritar ekan, barchaga ushbu zamonaviy va shinam bogʻchalar loyihasi muallifi Shahnoza Mirziyoyeva ekanligini maʼlum qildi

Toshkent shahri Sergeli tumanida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan "Baxtli bolalik" va "Bilimlar mamlakati" deb nomlangan ikkita davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri ham ishtirok etdi.

Ushbu zamonaviy bogʻchalar Tumanning Qumariq hamda 5A dahasida joylashgan boʻlib, shu paytgacha Oʻzbekistonda faoliyat yuritgan bogʻchalardan tubdan farq qiladi. Ichkariga qadam qoʻyishingiz bilan, barchasi bolalar uchun, ular oʻzlarini baxtiyor his etishlari uchun puxta oʻylanganligiga guvoh boʻlasiz.

Yirik javonlar oʻrnini mobil modullar egallagan. Oʻyin va oʻquv qurollari bolalar boʻyi yetadigan joyda joylashgan. Guruhlar va koridorlarda nutq va yozish, bilimni rivojlantirish, ijod, qurilish, konstruktsiyalash va mayetamatika, syujet oʻyinlari, kutubxona kabi koʻplab rivojlantirish markazlari mavjud.

"Sergelida bir yoʻla ikkita MTM ochilishi yana 600 nafar bolalar sifatli maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻlishini anglatadi. Shuningdek, qisqa muddatli guruhlar ochilib, ularga 240 nafar bolalar qabul qilinadi", deya taʼkidladi ochilish marosimida nutq soʻzlagan Maktabgacha taʼlim vazirligi rahbari Agrippina Shin.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular