22:21 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
  • 1960 yil darajasidan Orol dengizining atigi 10% qoldi.
  • Suv oʻrniga choʻl olti million gektardan koʻproq maydonni egalladi. Oʻzbekiston hukumati qurigan hududda yaylov va oʻrmonlar yaratishga qaror qildi.
  • Shu yil bahorida ekilgan saksovul.
  • Choʻl olti million gektardan koʻproq maydonni egalladi.
  • Hududda yogʻingarchilik juda kam.
  • Orolboʻyida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha davlat dasturi koordinatori Zinoviy Novitskiy
  • Qurigan hududda maxsus texnologiya boʻyicha ekinlar ekilmoqda.
  • Ekinlarni ekish noyabrda boshlanadi va aprelda tugaydi. Koʻchatlar butun mamlakat boʻylab oʻrmonzor pitomniklarida etishtiriladi.
  • Gollandiya traktorlari, ular dekabrda olib kelingan.
  • Bir necha yil ichida saksovul qatorlari orasiga ozuqa oʻsimliklari ekiladi va  chorvachilik rivojlantiriladi.
  • Shu yilda 461 ming gektar oʻsimlik ekildi. Kelgusi yilda 700 ming gektar ekish rejalashtirilgan.
  • Orolni qayta tiklash uchun butun Oʻzbekistondan odamlar kelmoqda. Oʻtgan mavsumda ikki ming kishi ishlagan boʻlsa, bu yil 3,5 ming kishi kelishi kutilmoqda.
  • Orol dengizi.
Sputnik / Mariya Naumenko
1960 yil darajasidan Orol dengizining atigi 10% qoldi.

Orol fojiasini jahon hamjamiyati allaqachon global muammolardan biri sifatida tan olgan. Dengiz choʻlga aylangan. Suv oʻrniga choʻl olti million gektardan koʻproq maydonni egallagan.

Oʻzbekiston hukumati qurigan hududda yaylov va oʻrmonzorlar yaratishga qaror qildi.

Sputnik muxbiri Orol dengizi qurigan sathining "0" nuqtasida boʻldi.

Vaziyat hududda yaxshilanmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati rahbari Qahramon Sariyevning soʻzlariga koʻra, Moʻynoq tumanida qator korxonalarning ishga tushirildi – ulardan toʻqimachilik fabrikasi va baliq konservalari kombinati. Bundan tashqari, qamishdan DSP ishlab chiqariladigan zavod qurilmoqda. Odamlar hududga qaytishni boshladi.

Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasida joylashgan Orol dengizi 1960 yilga qadar dunyodagi toʻrtinchi yirik koʻl edi. Soʻnggi 55 yil ichida dengiz maydoni deyarli uch baravar kamaydi, suv sathi 29 metrga pasaydi, suv hajmi 15 baravar kamaydi, shoʻrlanish oshib, baliq yoʻqolib ketdi.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular