06:35 13 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
  • Samarqand yarim marafoni AIMS roʻyxatiga kiritilgan va kelasi yildan boshlab xalqaro yugurish poygalari kalendariga kiritiladi. AIMS sertifikati – bu eng yuqori sifat sertifikati hisoblanadi.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Yarim marafon Registon maydonida tashkil etildi.

Kuni kecha azim Samarqand shahri goʻyo ulkan bir sport maydoniga aylandi. Havo ertalab bir oz salqin boʻlishiga qaramay, yoshu-qari, minglab odamlar uchun Xalqaro xayriya yarim marafoni oʻtkazilgan Registon maydoni yugurish maydoniga aylandi.

Butun dunyodan turistlarni oʻziga ohanrabodek tortadigan Samarqandning qadimiy obidalari boʻylab yugurish, sogʻlom hayot tarafdorlari soʻzlariga koʻra, katta zavq bagʻishladi.

Yarim marafonda tajribali sportchilar bilan bir qatorda havaskor yuguruvchilar ham ishtirok etishdi va oʻz imkoniyatlariga qarab - 21 kilometr va 10 kilometr masofaga yugurdilar. Ikki kilometrlik masofada ham oʻzini sinaganlar koʻpchilikni tashkil etdi.

Yarim marafondan tushgan mablagʻ Toshkent teatrlarining birida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihaga sarflanadi. Ushbu dasturga koʻra, koʻzi ojiz yoki koʻrish qobiliyati past boʻlgan insonlar uchun Oʻzbekistonda birinchi marta tiflosharhlash texnologiyasi qoʻllaniladi. Texnologiya ekranda, suratda yoki sahnadagi narsalar, koʻrinish va voqealarni ovoz sifatida qisqa, lekin batafsil tushuntirib berishga imkoniyat yaratadi.

Yarim marafonning eng yorqin lahzalarini Sputnik Oʻzbekiston muxbiri fotolentasida tomosha qiling.

Yana fotolavhalar

  • Oxirgi yangilanish: 20:27 12.11.2019
    20:27 12.11.2019

    Rossiya va Oʻzbekiston harbiy hamkorligi raqamlarda

    Terrorizmga qarshi kurash birinchi navbatda armiya va boshqa kuch tuzilmalarini eng yangi qurol va harbiy texnika bilan taʼminlashni oʻz ichiga oladi.

    248
  • Oxirgi yangilanish: 20:50 11.11.2019
    20:50 11.11.2019

    Ilk bor Oʻzbekistonda: Valday klubi anjumani – fotoreportaj

    Samarqandda 10-11 noyabr kuni Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi koʻpqirrali hamkorlik” mavzusiga bagʻishlangan oʻninchi Osiyo anjumani boʻlib oʻtmoqda.

    215
    13
  • Oxirgi yangilanish: 16:27 07.11.2019
    16:27 07.11.2019

    Robotlarning kundalik hayoti: kelajakdagi suratlar

    The Robot Next Door foto loyihasi kelajakda biz bilan yonma-yon yashashi mumkin boʻlgan “insonlarning” ehtimoliy hayotini koʻrsatib beradi.

    859
    12
  • Oxirgi yangilanish: 16:30 04.11.2019
    16:30 04.11.2019

    "Bu basharaga niqob kerakmas": koinotning eng ajabtovur vakillari

    Bu odamlarning tashqi koʻrinishi bir vaqtning oʻzida ham qoʻrqitadi ham hayratga soladi. Ular oʻz qiyofalarini shu darajada keskin oʻzgartirib yuborishgan-ki, ularning har biri haqida "oʻz tuqqan onasi ham tanimaydi", iborasini bemalol qoʻllash mumkin.

    1885
    9

Asosiy mavzular