Dushanbedagi O‘zbekiston madaniyati kunlarining yorqin lahzalari

Obuna bo‘lish
Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston mashhur yulduzlarining konsert dasturidagi chiqishlari tojik xalqining olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birinchi konsert Sadriddin Ayniy nomidagi opera va balet akademik davlat teatrida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi teatrga kirishda karnay surnay sadolari ostida iliq kutib olindi.

Tojik sahnasida eng uzoq kutilgan mehmon O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev bo‘ldi. Konsertda G‘ulomjon Yoqubov, Abduhoshim Ismoilov, Ozoda Nursaidova, Yulduz Turdiyeva, Umid Isroilov, "Maqom", "Toshkent zebolari" ansambllari va boshqa iste’dod egalari ham o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Konsert dasturidagi chiqishlar tojik xalqining olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Dni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik yulduzlar Tojikistonda konsert berdi

Qayd etish joizki, bu yil Dushanbeda O‘zbekiston madaniyat kunlari doirasida rang-barang tadbirlar, musiqiy dasturlar, ko‘rgazmalar, ijodiy muloqotlar, mahorat saboqlari, uchrashuv va anjumanlar bo‘lib o‘tmoqda.

Kuni kecha O‘zbekiston va Tojikiston madaniyat vazirlari Baxtiyor Sayfullayev va Shamsiddin Orumbekzodaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama hamkorlikning asosiy mavzusi ikki davlatning ehtiyojiga ko‘ra, madaniyat yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish, balet va opera sohasiga tajribali mutaxassislarni jalb qilish, teatr gastrollarini tashkil etish, maqomni targ‘ib etish haqida bo‘lib, zarur masalalar kelishib olindi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik artistlar Dang‘ara tumaniga tashrif buyurishni rejalashtirishmoqda. U yerda ham o‘zlarining konsert dasturlarini taqdim etishadi.

Sputnik Tojikiston fotojamlanmasida Dushanbedagi O‘zbekiston madaniyati kunlarining yorqin lahzalarini tomosha qiling.

© © Sputnik / Amir IsayevTojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birinchi konsert Sadriddin Ayniy nomidagi opera va balet akademik davlat teatrida bo‘lib o‘tdi.
Gosudarstvenniy akademicheskiy teatr operi i baleta im. S.Ayni - Sputnik O‘zbekiston
1/10
Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birinchi konsert Sadriddin Ayniy nomidagi opera va balet akademik davlat teatrida bo‘lib o‘tdi.
© © Sputnik / Amir IsayevO‘zbekiston delegatsiyasi teatrga kirishda karnay surnay sadolari ostida iliq kutib olindi.
Dni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
2/10
O‘zbekiston delegatsiyasi teatrga kirishda karnay surnay sadolari ostida iliq kutib olindi.
© © Sputnik / Amir IsayevKonsertda "Toshkent zebolari" ansambli mehmonlarni o‘zining jozibali raqsi bilan xushnud etdi.
Dni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
3/10
Konsertda "Toshkent zebolari" ansambli mehmonlarni o‘zining jozibali raqsi bilan xushnud etdi.
© © Sputnik / Amir IsayevKonsertda "Toshkent zebolari" ansambli mehmonlarni o‘zining jozibali raqsi bilan xushnud etdi.
Dni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
4/10
Konsertda "Toshkent zebolari" ansambli mehmonlarni o‘zining jozibali raqsi bilan xushnud etdi.
© © Sputnik / Amir IsayevTojik sahnasida eng uzoq kutilgan mehmon O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev bo‘ldi.
Dni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
5/10
Tojik sahnasida eng uzoq kutilgan mehmon O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev bo‘ldi.
© Sputnik / Amir IsayevSherali Jo‘rayev o‘zining o‘lmas va mashhur qo‘shiqlarini ijro etdi. Tomoshabinlar unga jo‘r bo‘lishdi.
Sherali Djurayev - Sputnik O‘zbekiston
6/10
Sherali Jo‘rayev o‘zining o‘lmas va mashhur qo‘shiqlarini ijro etdi. Tomoshabinlar unga jo‘r bo‘lishdi.
© © Sputnik / Amir Isayev"Maqom" va "Toshkent zebolari" ansambllari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Dni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
7/10
"Maqom" va "Toshkent zebolari" ansambllari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
© © Sputnik / Amir Isayev"Maqom" va "Toshkent zebolari" ansambllari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Dni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
8/10
"Maqom" va "Toshkent zebolari" ansambllari o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
© © Sputnik / Amir IsayevKonsertda G‘ulomjon Yoqubov, Abduhoshim Ismoilov, Ozoda Nursaidova, Yulduz Turdiyeva, Umid Isroilov kabi san’at ustalari qo‘shiq kuylashdi.
Gulomdjon Yokubov - Sputnik O‘zbekiston
9/10
Konsertda G‘ulomjon Yoqubov, Abduhoshim Ismoilov, Ozoda Nursaidova, Yulduz Turdiyeva, Umid Isroilov kabi san’at ustalari qo‘shiq kuylashdi.
© © Sputnik / Amir IsayevKonsert dasturidagi chiqishlar tojik xalqining olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Dni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
10/10
Konsert dasturidagi chiqishlar tojik xalqining olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0