15:11 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
© AP Photo / Mick Tsikas / AAP Images
Oʻt oʻchiruvchilar Avtraliyadagi Bilpin shahri yonida.

Oʻtgan yilning oxirida boshlangan Avstraliyadagi yongʻinlar oqibatida millionlab gektar yerlar kuyib kul boʻldi. 20 nafardan ziyod inson va bir milliarddan oshiqroq hayvonlarni nobud boʻldi.

Avstraliyada tabiiy ofat sabab yuzaga kelgan vaziyat issiq va quruq ob-havo tufayli qiyinlashmoqda. Ayrim joylardagi yongʻinlar shunchalik kuchli, tutun esa shunchalik quyuqki, olovni havodan oʻchirishning imkoni boʻlmay qoldi.

Mamlakat hukumati yongʻinni oʻchirish uchun barcha texnikalarni safarbar qilgan. Tunu kun oʻt oʻchiruvchilar va koʻngillilar yongʻinni oʻchirishga harakat qilishmoqda. Yongʻin tufayli Avstraliyaning janubiy-sharqiy qirgʻoqlarida keng koʻlamli evakuatsiya amalga oshirilmoqda.

Koʻplab yulduzlar yongʻinga qarshi kurashish uchun katta mablagʻlar ajratishmoqda. Xususan, aktyor Leonardo Di Kaprio uch million dollar, aktrisa Nikol Kidman va qoʻshiqchi Nikol Kidman ikki kishi uchun bir million ajratishdi. Qoʻshiqchi Kayli Minoug qutqaruvchilar hisobiga 500 ming dollar oʻtkazdi.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular