11:23 21 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
  • Mixail Mishustin xokkey matchida.
  • Xayriya aktsiyasi oʻyinida Mixail Mishustin ishtirok etdi.
  • Mishustin xokkeyga juda qiziqadi.  U TSSKA xokkey klubi kuzatuvchi aʼzosi, Rossiya Xokkey Federatsiyasi boshqarmasi aʼzosi, Rossiya xalq xoʻjaligi akademiyasi ilmiy kengashi aʼzosi hisoblanadi.
  • Mishustin xokkeyga juda qiziqadi.  U TSSKA xokkey klubi kuzatuvchi aʼzosi, Rossiya Xokkey Federatsiyasi boshqarmasi aʼzosi, Rossiya xalq xoʻjaligi akademiyasi ilmiy kengashi aʼzosi hisoblanadi.
  • TSSKA (Rossiya) va Baris (Qozogʻiston) xokkey jamoalari uchrashuvida.
  • TSSKA (Moskva) va Topredo (Nijniy Novgorov) xokkey jamoalari uchrashuvida.
  • Sergey Belyakov va Mixail Mishustin.
  • Mixail Mishustin xayriya oʻyinda ishtirok etdi.
  • Rossiya Davlat Dumasi Mixail Mishustin nomzodini bosh vazir lavozimiga tasdiqladi.
  • Rossiya Davlat Dumasi Mixail Mishustin nomzodini bosh vazir lavozimiga tasdiqladi.
© Sputnik / Vitaliy Belousov
Mixail Mishustin xokkey matchida.

Rossiya Davlat Dumasi Mixail Mishustin nomzodini bosh vazir lavozimiga tasdiqladi. Ochiq ovoz berish jarayonida Mixail Mishustin nomzodini 383 nafar deputat qoʻllab quvvatladi, 41 nafar deputat ovoz berishmadi, hech kim qarshi ovoz bermadi.

U 1966 yil 3 martda Moskvada tugʻilgan. 1989 yilda Moskva Davlat Texnologik universitetini (STANKIN) “injener-sistemotexnik” yoʻnalishi boʻyicha yakunlagan. Aspiranturani ham shu universitetda yakunlagan. 2003 yilda Plexanov nomli Rossiya iqtisodiy akademiyasini tugatgan va “Rossiyada davlat soliq maʼmuriyati” mavzusida dissertatsiya yoqlagan.

2010 yilda Rossiya Xalq xoʻjaligi akademiyasida Iqtisodiyot fanlari doktori unvonini olgan.

1998 yildan boshlab Davlat Soliq inspektsiyasining rahbari Boris Fyodorovning yordamchisi boʻlgan. Soliq toʻlovlarini nazorat qiluvchi axborot tizimlari uchun javob bergan. Shu yilning avgustida Soliq inspektsiyasining rahbari oʻrinbosari boʻlgan.

1999 – 2004 yillarda Soliq qoʻmitasi nomi oʻzgarishi munosabati bilan Soliq vazirlari Georgiy Boss, Aleksandr Pochinok va Gennadiy Bukayevlarning oʻrinbosari boʻlgan.

2004 – 2006 yillarda Rosnedvijimost (Federal kadastr agentligi) rahbari lavozimida ishlagan.

2006 – 2008 yillarda Maxsus iqtisodiy hududlarni boshqaruvchi agentlik “RosOEZ”ga rahbarlik qilgan.

2008 – 2010 yillarda UFG Capital Partners nomli xususiy investitsion kompaniya prezidenti boʻlgan. Ushbu lavozimda Mishustin turli venchur va koʻchmas mulk fondlarini ishga tushurish, hududlarda biznesni rivojlantirish bilan shugʻullangan.

2010 yilning aprel oyidan boshlab yana davlat xizmatiga qaytgan. Mishustin Federal Soliq xizmati rahbari lavozimiga tayinlangan.

Mishustin xokkeyga juda qiziqadi.  U TSSKA xokkey klubi kuzatuvchi aʼzosi, Rossiya Xokkey Federatsiyasi boshqarmasi aʼzosi, Rossiya xalq xoʻjaligi akademiyasi ilmiy kengashi aʼzosi hisoblanadi.

Yana fotolavhalar

  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi
    Oxirgi yangilanish: 21:09 20.01.2020
    21:09 20.01.2020

    Oʻzbekiston yangi saylangan senatorlari - fotojamlanma

    Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi oʻtkazildi.

    461
    17
  • Oxirgi yangilanish: 13:49 20.01.2020
    13:49 20.01.2020

    Haftaning qiziqarli fotosuratlari

    Germaniya poytaxtida xalqaro moda haftaligi Berlin Fashion Week 2020 oʻtkazildi. Dmitriy Medvedev boshchiligidagi hukumat isteʼfoga chiqdi.

    777
    20
  • Oxirgi yangilanish: 18:23 13.01.2020
    18:23 13.01.2020

    “Amerika goʻzallari” – unutilmas lahzalar

    “Amerika goʻzali” tanlovi 1921 yildan beri oʻtkazib kelinadi. Tanlov 100 yil davomida turli oʻzgarishlarga uchradi. Bir narsa oʻzgarishsiz qoldi: deyarli har bir gʻoliba taqdirlash marosimida samimiy quvonch his-tuygʻularini boshidan kechiradi.

    2123
    14
  • Oxirgi yangilanish: 13:20 13.01.2020
    13:20 13.01.2020

    Haftaning eng yorqin fotosuratlari

    Vashingtonda Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashuvi va AQSH hukumati harakatlariga qarshi aktsiya oʻtkazildi, Istanbulda “Turk oqimi” gaz quvuri ochilishi marosimi oʻtkazildi.

    1150
    18

Asosiy mavzular