06:32 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
  • Murodjona Axmadaliyeva torjestvenno vstretili v Namangane

Xokimiyat Namanganskoy oblasti
Qoʻllarida bayroqlar hamda plakatlar bilan yoʻl boʻylarini toʻldirgan yoshlar, xursandchilik hislarini olqishlar bilan namoyish etdilar.

Professional boksning IBF va WBA Super versiyalari boʻyicha jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev oʻzi tugʻilib oʻsgan Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Pop tumanidagi viloyat chegarasida chempion bokschini viloyat hokimi oʻrinbosari Faxriddin Matkarimov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Shokirjon Qoraboyev, viloyat jamoatchiligi vakillari, sportsevarlar, doʻstlari va yaqinlari, jurnalistlar kutib oldilar.

Murodjon Ahmadaliyev Pop hamda Chust shaharlarida boʻlib, oʻz gʻalabasidan xursand hamyurtlar hamda yoshlar bilan uchrashdi. Qoʻllarida bayroqlar hamda plakatlar bilan yoʻl boʻylarini toʻldirgan yoshlar, xursandchilik hislarini olqishlar bilan namoyish etdilar.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov sportchini olamshumul gʻalaba bilan qutlab, qolgan ikki versiyada ham chempionlik kamarlarini qoʻlga kiritishiga umid bildirdi.

Namangan shahridagi viloyat Madaniyat markazida Murodjon Ahmadaliyevning viloyat yoshlari hamda boks ixlosmandlari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda chempion bokschiga toʻn kiydirilib, viloyat hokimligi sovgʻasi – “Damas” avtomobili taqdim etildi.

Murodjon sahnadan pastga tushib, avtomobil kalitini oʻz gʻalabalarining meʼmori boʻlgan ota-onasiga topshirgani olqishlar bilan kutib olindi.

Uchrashuv yoshlarning Murodjon Ahmadaliyevga turli mavzulardagi savollari bilan davom etdi.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular