19:38 28 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
  • Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomoщ Kitayu
  • Uzbekistan napravil gumanitarnuyu pomoщ Kitayu
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi gumanitar yukni Xitoyga maxsus samolyotda yetkazish boʻyicha javobgar hisoblanadi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasiga insonparvarlik yordamini joʻnatish boʻyicha farmonga imzo chekdi.

Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish yuzasidan Xitoy tomonining saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida XXRga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi: bir martalik steril tibbiy qoʻlqoplar; himoya qiluvchi kombinezon; yuz uchun filtrlovchi niqob; maxsus tibbiy forma; tibbiy niqoblar; tibbiy doka.

Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun XXRga sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev boshchiligida Oʻzbekiston delegatsiyasi yuboriladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yuki shakllantirilishi va yetkazib berilishi uchun masʼul etib belgilandi.

Insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasini tayyorlash maqsadida "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi respublika toʻqimachilik korxonalarida tibbiy niqoblar va himoya kiyimlari tayyorlanishini taʼminlaydi.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular