09:53 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
  • Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi 19 fevral kuni Turkiyaga tashrif buyurishdi.
  • Esonbugʻa xalqaro aeroportida davlat rahbarini Turkiya hukumati aʼzolari, Anqara muzofoti va shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
  • Taʼkidlab oʻtish kerakki, bu Mirziyoyevning Turkiyaga amalga oshirilgan ikkinchi tashrif. Bundan oldin davlat rahbari Turkiyaga 2017 yil oktyabrda  tashrifi buyurgan.
  • Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqara shahridagi Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qoʻydi.
  • Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqara shahridagi Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qoʻydi.
  • Turkiya Respublikasi prezidenti saroyida Oʻzbekiston Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.
  • Erdogʻan 2018 yil aprelda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
  • Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan shohsupaga koʻtarildilar. Oʻzbekiston va Turkiyaning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.
  • Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi oʻtkazildi. Unda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
  • Rasmiy tadbirlar yakuniga yetgach, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva sharafiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan va uning rafiqasi Emina xonim tomonidan qabul marosimi tashkil etildi.
  • Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
  • Oliy darajadagi Oʻzbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
  • Uchrashuvda ikki mamlakat vazirlik va kompaniyalari oʻrtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, oʻzaro mahsulot yetkazib berish va xizmat koʻrsatishni kengaytirish, klinikalar va oliy oʻquv yurtlari tashkil etish boʻyicha aniq loyihalar muhokama qilindi.
  • Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq soʻzladi.
  • Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq soʻzladi.
  • Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimi.
  • Shavkat Mirziyoyev dunyoda oʻta noyob boʻlgan “Usmon Mushafi”ning xattotlarimiz tomonidan koʻchirilgan nusxasi, Jaloliddin Rumiyning mashhur “Masnaviy” asari hamda Abu Bakr ar-Roziyning “Kasalliklar tarixi” asari qoʻlyozmalarining faksimile nusxalari, “Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi tasviriy nusxalari” nomli kitob-albom, Yunus Emro sheʼrlarining oʻzbek tiliga tarjimasi jamlangan “Oʻlmas koʻngul” deb nomlangan kitoblarni kutubxonaga tuhfa qildi.
  • Mamlakatlar oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
  • Shavkat Mirziyoyevni Esonbugʻa aeroportida Rejep Tayyip Erdogʻan kuzatib qoʻydi.
  • Shavkat Mirziyoyevni Esonbugʻa aeroportida Rejep Tayyip Erdogʻan kuzatib qoʻydi.
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi 19 fevral kuni Turkiyaga tashrif buyurishdi.

Anqara muzokaralarining asosiy mavzusi savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻldi. Muzokaralar yakunida Mirziyoyev va Erdogʻan Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishi natijalari toʻgʻrisida qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi 19-20 fevral kunlari Turkiyaga tashrif buyurishdi.

Davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan doirada uchrashuvlarni oʻtkazishdi. Unda mamlakatlar oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat vazirlik va kompaniyalari oʻrtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, oʻzaro mahsulot yetkazib berish va xizmat koʻrsatishni kengaytirish, klinikalar va oliy oʻquv yurtlari tashkil etish boʻyicha aniq loyihalar muhokama qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Mirziyoyev 2017 yil oktyabr yakunida Turkiyaga tashrif buyurgandi, Erdogʻan esa Oʻzbekistonga 2018 yil aprel oyida kelgan.

Mavzu:
Mirziyoyevning Turkiyaga rasmiy tashrifi (11)

Yana fotolavhalar

  • Oxirgi yangilanish: 13:12 02.04.2020
    13:12 02.04.2020

    Prezidentlar maxsus niqoblari - foto

    Kovid yuqtirib olmaslik uchun odam shaxsiy himoya vositasi (niqob)da boʻlishi shart. Pandemiya kuchayishi tufayli prezidentlar va siyosatchilar himoya niqoblarini taqishga majbur boʻlishgan.

    511
    16
  • Oxirgi yangilanish: 13:39 01.04.2020
    13:39 01.04.2020

    Yangi trend: "Korona" koʻrinishidagi mazali shirinliklar - foto

    Dunyoda eng mashhur oshpaz va qandolatchilar COVID-19 koʻrinishida turli shirinliklar tayyorlashni boshlashdi. Alkogol ichimliklarini koronavirus “sharafiga” nomlashmoqda.

    379
    11
  • Oxirgi yangilanish: 12:49 30.03.2020
    12:49 30.03.2020

    Maxsus karantin zonadan fotoreportaj

    Toshkent viloyati Oʻrtasaroy tumanida xorijdan kelgan fuqarolar uchun karantin zona tashkil qilinmoqda. Bu hudud haqida batafsil Sputnik Oʻzbekiston muxbiri fotoreportajida bilib olishingiz mumkin.

    1409
    16
  • Oxirgi yangilanish: 20:15 27.03.2020
    20:15 27.03.2020

    Uxanda hayot normal holatga kelmoqda - foto

    Koronavirus epidemiyasining epimarkazi boʻlgan - Uxan shahrida hayot normal holatga kelmoqda. Shaharda 8 aprel kuni karantin bekor qilinadi.

    1956
    14

Asosiy mavzular