14:25 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
  • Prazdnichnoye meropriyatiye v svyazi s 8 marta – Mejdunarodnыm jenskim dnem.
  • Prazdnichnoye meropriyatiye v svyazi s 8 marta – Mejdunarodnыm jenskim dnem. Prezident  Shavkat Mirziyoyev vыstupil na torjestvax s pozdravitelnoy rechyu.

  • Prezident Shavkat Mirziyoyev vыstupil na torjestvax s pozdravitelnoy rechyu.
  • Prazdnichnoye meropriyatiye v svyazi s 8 marta – Mejdunarodnыm jenskim dnem.
  • Prazdnichnoye meropriyatiye v svyazi s 8 marta – Mejdunarodnыm jenskim dnem.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayollar oilasini sarishta saqlash bilan birga jamiyat va davlat ishlarida ham faollik koʻrsatmoqda.

Toshkentda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtmoqda. Tantanada Oʻzbekiston prezidenti mamlakat xotin-qizlarini bayram bilan muborakbod etib nutq soʻzladi.

Toshkentda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtmoqda.

“Yer yuzida insoniyat paydo boʻlibdiki, odamzot muqaddas Ona siymosini, moʻʼtabar ayol zotini ulugʻlab, hamisha sharaflab keladi. Onalarimiz sharofati bilan Vatanimiz tuprogʻi jannat bogʻlaridek goʻzal va bebahodir. Onalar duosidan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ishimizda unum, hayotimizda baraka bor”, – dedi davlat rahbari.

Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini, gender tenglikni taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ayollar oilasini sarishta saqlash bilan birga jamiyat va davlat ishlarida ham faollik koʻrsatmoqda.

Jumladan, Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 32 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Bu koʻrsatkich Senatda va mahalliy kengashlarda 25 foizdan oshdi.

Oʻzbekiston tarixida birinchi marta milliy parlamentda ayollar soni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetdi. Mamlakatning qonun chiqaruvchi organi ayol deputatlar soni boʻyicha dunyodagi 190 ta milliy parlament oʻrtasida 37-oʻringa koʻtarildi. Holbuki, bundan 5 yil avval mamlakat 128-oʻrinni egallab turgan edi.

Muhtarama ayollarning 16 nafari Vatanning eng oliy mukofoti – “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor boʻlgan. Davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 ming 380 nafardan ziyod xotin-qizlar rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda. Ularning safi tobora kengayib boryapti. Shu kunlarda tashabbuskor va tashkilotchi ayollar tuman va shahar hokimi lavozimlariga tayinlanayotir.

Ishlab chiqarish, taʼlim-tarbiya, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, sport sohalari rivojida ham nazokat va latofat egalarining munosib hissasi borligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev tantanadagi nutqida haj ziyorati uchun yiqqan mablagʻini mahalladoshlariga begʻaraz yordamga sarflagan rishtonlik tadbirkor Izrabu Usmonova, qishloq ahli uchun oʻz hisobidan “Mumtoz” nomli katta kutubxona barpo etgan sayxunobodlik Gavhar Husanova, 32 yoshida AQShdagi nufuzli Kolumbiya universitetining professori boʻlgan Aziza Shonazarova kabi xotin-qizlarning xayrli ishlari va faoliyatini alohida taʼkidladi. Bayram ishtirokchilari birgalikda ularni olqishlab, chuqur hurmat va tashakkurlarini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev shu ezgu ishlarga kamarbasta boʻlib, yosh qizlarni taʼlim-tarbiya qiladigan haqiqiy murabbiylarga keyingi yil 8 mart bayramidan boshlab har yili, har bir viloyatdan ikki nafar eng munosib vakilni davlat mukofoti bilan taqdirlashni taklif etdi. Yigʻilganlar buni olqishlar bilan qoʻllab-quvvatladi.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular