06:57 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
© AFP 2018 / Stringer
Uxan shahrida istiqomat qiluvchi kishi himoya niqobida skuterda ketmoqda. 25.03.20

Koronavirus epidemiyasining epimarkazi boʻlgan - Uxan shahrida hayot normal holatga kelmoqda. Shaharda 8 aprel kuni karantin bekor qilinadi.

Shu yil 25 martda Xubey provintsiyasi 16 shahar va okruglarida harakatlanish va kirish-chiqish boʻyicha cheklovlar olib tashlandi. Koronavirus oʻchogʻi boʻlgan - Uxan shahrida esa karantin 8 aprel kuni bekor qilinadi.

Oʻtgan yilning dekabr oyi yakunida Xitoy hukumati Xubey provintsiyasi markazi boʻlgan Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya tarqalishi haqida xabar qilingandi.

Keyinchalik, kasallik qoʻzgʻatuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekani aniqlandi.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasini pandemiya, deb eʼlon qildi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha 465 mingdan ziyod kishi koronavirusga chalindi, 21 mingdan ziyodi vafot etdi.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular