07:49 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
  • Blok karavot, stol, shkaf, hojatxona va dush, shuningdek, televizor va kondioner bilan jihozlangan.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Toshkent viloyati Oʻrtasaroy tumanida xorijlan kelgan fuqarolar uchun karantin hudud tashkil qilinmoqda.

Toshkent viloyati Oʻrtasaroy tumanida xorijdan kelgan fuqarolar uchun karantin zona tashkil qilinmoqda. Bu hudud haqida batafsil Sputnik Oʻzbekiston muxbiri fotoreportajida bilib olishingiz mumkin.

Karantin majmuasi bir necha ming maxsus jihozlangan konteynerlardan iborat, hudud 10 ming nafargacha fuqarolarni qabul qilishi mumkin.

Fuqarolar vatanga qaytganda majburiy ikki haftalik karantindan oʻtishlari zarur. Sakkiz kun ichida quruvchilar bir yarim ming oʻzbekistonliklarni qabul qilish uchun joylarni tayyorlashdi.   

Qurilish maydonida 3 mingdan ortiq quruvchi mehnat qilmoqda, 200 ta texnika jalb qilingan.

Ayni vaqtda mutaxassislar maxsus karantin lagerining uchinchi bosqich qurilish bosqichiga kirishdilar. Ishlar yakunlangandan soʻng hudud toʻliq oʻrab olinadi.

Karantin zonada fuqarolarni vaqtincha joylashtirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Har bir boks 4 kishi yashashiga moʻljallangan. Blok karavot, stol, shkaf, hojatxona va dush, shuningdek, televizor va kondioner bilan jihozlangan. Fuqarolarga ovqat bir martalik idishlarda yetkazib berilmoqda.   

Karantin hududda har 500 kishiga 30 navbatchi shifokor va 20 taʼminlov xizmati xodimlari koʻzda tutilgan. Bemorlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatiladi.

Lagerga qurilish va maxsus zona taʼminoti ishlarida yordam berish maqsadida mahalliy aholi ham kelmoqda.

“Qiyin paytda biz bir-birimizga yaqinroq boʻlishimiz kerak. Bu joy mening aka va opa-singillarim uchun tayyorlanmoqda, demak men chetda qolishim kerak emas”, - deydi ishchilardan biri Sputnik muxbiriga.

Bunday karantin zonalar Oʻzbekiston boshqa viloyatlarida ham qurilmoqda.

Karantin hududning koʻrinishi va bu muhim qurilishda kim mehnat qilmoqda – bu haqda Sputnik Oʻzbekiston fotojamlanmasida koʻrishingiz mumkin.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular