07:14 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
  • Markazga kirish qismi, barcha fuqarolar dezinfektsiyadan oʻtkaziladi.
  • Markazga kirishda hammaga maxsus kiyim beriladi. Hududga faqat koʻngillilar va markaz xodimlariga ruxsat beriladi.
  • Markaz asosiy maqsadi - koronavirus pandemiyasi davrida xayriya mablagʻlarini ehtiyojmand shaxslarga manzilli va tegishli sanitar-gigiyenik talablarga mos ravishda yetkazishdir.
  • Markaz asosiy maqsadi - koronavirus pandemiyasi davrida xayriya mablagʻlarini ehtiyojmand shaxslarga manzilli va tegishli sanitar-gigiyenik talablarga mos ravishda yetkazishdir.
  • 1197 qisqa raqami orqali yordamga muhtoj shaxslar, yordam berishda oʻz hissasini qoʻshmoqchi boʻlgan koʻngillilar va xayriya qilishni istovchi fuqarolar maʼlumotlarini qabul qilinadi
  • 1197 qisqa raqami orqali yordamga muhtoj shaxslar, yordam berishda oʻz hissasini qoʻshmoqchi boʻlgan koʻngillilar va xayriya qilishni istovchi fuqarolar maʼlumotlarini qabul qilinadi
  • Xayriya markazi masʼul xodimi Alisher Saʼdullayev.
  • Oziq-ovqat, tibbiy vositalar sanitar-gigiyenik talablarga muvofiqligini koʻrikdan oʻtkaziladi, taqsimlanadi va manzilga yetkazilgunga qadar sanitar-gigiyenik talablarga muvofiq saqlanishi taʼminlanadi.
  • Markazda yolgʻiz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar (yolgʻiz onalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, ishsiz fuqarolar, karantin tufayli doimiy daromaddan ayrilgan shaxslar va h.k.) hamda kam taʼminlangan oilalar roʻyxati shakllantiriladi.
  • Markazda yolgʻiz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar hamda kam taʼminlangan oilalar roʻyxati shakllantiriladi.
  • Oziq-ovqat, tibbiy vositalar va boshqa kerakli mahsulotlar sotib olinmoqda.
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Markazga kirish qismi, barcha fuqarolar dezinfektsiyadan oʻtkaziladi.

Toshkentning "Oʻzekspomarkaz" koʻrgazmalar markazida Xayriya ishlarini yagona muvofiqlashtiruvchi markaz faoliyati yoʻlga qoʻyildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Koʻngilli yoshlardan iborat operatorlar 1197 qisqa raqami orqali yordamga muhtoj shaxslar, yordam berishda oʻz hissasini qoʻshmoqchi boʻlgan koʻngillilar va xayriya qilishni istovchi fuqarolar maʼlumotlarini qabul qilishni boshlagan.

Markazning birinchi kunida shaharning 11 tumanidagi 770 oilaga kundalik eng zarur boʻlgan oziq-ovqat (tovuq goʻshti, un, guruch, kartoshka, piyoz, shakar, yogʻ, makaron) mahsulotlari yetkazib berilgan. Bunda 100 nafar koʻngillilar bevosita qatnashgan.

Markazga qoʻngʻiroqlar koʻpayganligi va bogʻlanishda kutish hollarini oldini olish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi koʻmagida yana qoʻshimcha telefon apparatlari ikki baravar koʻpaytirildi va aloqa tizimi yaxshilandi.

Xayriya markazida tasvirga olingan suratlarni eʼtiboringizga havola etamiz.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular