12:16 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
  • Toshqindan zarar kurgan Sardobaga kirish qismi.
  • Texnogen avariya tufayli bir nechta turar joy hududlari millionlab kubometr balchiq va loy ostida qoldi.
  • Oqim oʻz yoʻlida koʻplab xususiy uylarni vayron qildi, 8 ta bolalar bogʻchasi, 16 ta maktab, 7 ta tibbiyot muassasasi, bitta kollej, 7 ta qabriston, 3 ta masjid va 13 ta respublika ahamiyatiga ega koʻpriklar shikastlandi
  • Suv ostida qolgan Mersedes avtomobili
  • Toshqindan zarar koʻrgan aholi yashash joyi
  • Afsuski, inson qurbonlarini ham oldini olib boʻlmadi - kamida toʻrt kishining haloq boʻlgani maʼlum.
  • Ekin maydonlari, uylar suv ostida qoldi, koʻplab hayvonlar oʻldi.
  • Toshqindan zarar koʻrgan yoʻllarni tiklash ishlari.
  • Yongʻin oʻchirish mashinalari suvni tortib olmoqda.
  • Ayrim turar joy hududlari millionlab kubometr balchiq va loy ostida qoldi.
  • Goh u yerda, goh bu yerda toʻlqin  bilan olib ketilgan odamlarning shaxsiy buyumlarini koʻrish mumkin.
  • Toʻgʻon, turar-joylarni va transport infratuzilmasini tiklash ishlari davom etmoqda.
  • Qayiqlardagi qutqaruvchilar jabr koʻrgan hududlarni oʻrganishni davom etmoqdalar – evakuatsiya qilishiga ulgurmagan yoki evakuatsiya qila olmagan odamlar qidirilmoqda.
  • Oʻlgan hayvonlarning jasadlari atrofni ifloslanishini oldini olish uchun yigʻib olinmoqda. Tirkamaga kamida 70 bosh qoramollar jasadlari ortilgan traktor.
  • Oʻlgan hayvonlar koʻmilishi
  • Energiya va gaz taʼminoti asta-sekin tiklanmoqda. Mintaqaga bir necha oʻnlab transformatorlar yetkazildi.
  • Evakuatsiya qilinganidan keyin oʻz uylariga qaytib kelgan mahalliy aholi ham vayronalarni yigʻishtirish va uy-joylarni tiklashga yordam bermoqda.
  • Odamlar butun qolgan narsalarni qidirmoqdalar va ishchilar bilan birgalikda devorlarni va uylarning tomlarini tiklashmoqda.
  • Milliy gvardiya xodimlari, harbiylar va qutqaruvchilar hududlarni toʻplangan axlatlardan tozalashni davom etmoqda.
  • Milliy gvardiya xodimlari, harbiylar va qutqaruvchilar hududlarni toʻplangan axlatlardan tozalashni davom etmoqda.
  • Kanalizatsiya tizimlari, suv tozalash inshootlarining holati diqqat bilan oʻrganilmoqda.
  • Mahallaga kirish qismi.
  • Oʻzbekistonning turli burchaklaridan kelgan koʻngillilar vatandoshlariga yordam berishga shoshilmoqdalar yoki oʻzlari qishloqlarni tiklashga yoʻl olmoqda.
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Toshqindan zarar kurgan Sardobaga kirish qismi.

Sardoba suv omborida 1 may kuni toʻgʻon yorilishi natijasida kelib chiqqan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bir haftadan beri davom etmoqda.

Texnogen avariya tufayli bir nechta turar joy hududlari millionlab kubometr balchiq va loy ostida qoldi. Oqim oʻz yoʻlida koʻplab xususiy uylarni vayron qildi, 8 ta bolalar bogʻchasi, 16 ta maktab, 7 ta tibbiyot muassasasi, bitta kollej, 7 ta qabriston, 3 ta masjid va 13 ta respublika ahamiyatiga ega koʻpriklar shikastlandi. Yoʻllar yuvib tashlangan va dehqon bozori vayron boʻlgan.

Afsuski, inson qurbonlarini ham oldini olib boʻlmadi - kamida toʻrt kishining haloq boʻlgani maʼlum.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular