08:56 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
© Sputnik / Aleksey Drujinin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aleksandr bogʻidagi Nomaʼlum askar qabri yonidagi Qahramon shaharlar xiyoboniga gul qoʻydi.

9 may kuni sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarida Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan Gʻalaba munosabati bilan tadbirlar boʻlib oʻtdi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli tantanali tadbirlar cheklangan shaklda boʻlib oʻtdi. “Oʻlmas polk” esa onlayn oʻtkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan bayram tadbirlarida ishtirok etdi.

Davlat rahbari ushbu shonli sana munosabati bilan poytaxtimizda barpo etilgan Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurdi va “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi bilan barcha faxriylarni, oʻzbek xalqini tabrikladi.

Gʻalabaning 75 yilligi qanday nishonlangani Sputnik fotojamlanmasida.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular