22:23 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
© AFP 2018 / Gabriel Bouys
Dunyoning ayrim davlatlarida 30 may - byustgaltersiz kun nishonlanadi.

Dunyoning ayrim davlatlari eng noodatiy bayramlardan biri "30 may - byustgaltersiz kun" nishonlashga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Qanday eng noodatiy bayram haqida bilasiz? Masalan, ayrim davlatlarda 30 mayda byustgaltersiz kun nishonlanadi. Ayrim davlatlarda bu kun 9 iyul yoki 13 oktyabrga toʻgʻri keladi.

Koʻpchilik odamlar bayram feministkalar aloqador degan fikrda, biroq shifokorlar shu kunda ayollarga yana bir bor ularning sogʻligʻi haqida eslatishadi.

Hammasi 1960 va 1970 yillarda boshlangan - erkinlikni xush koʻradigan ayollar tomonidan "byustgalter - ayollarga jabr qilishning timsoli” deb talqin qilinib, uni taqmaslikka daʼvat qilingan.

Biroq ayollar professional darajada rivojlanib, biznes olamiga kira boshlaganda hamma narsa oʻzgardi. Byustgalter – ishda norasmiy talab boʻlib qoldi. Shuningdek, hatto brafitter yoki ichki kiyimni tanlash boʻyicha mutaxassis degan kasblar ham paydo boʻldi.

Dastlab, bu bayramning ommaviyligi kuchli emas edi. Shunga qaramay, ayni vaqtda yulduzlar, dizaynerlar va boshqa taniqli shaxslar ushbu pozitsiyani qoʻllab-quvvatlamoqda.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular