19:24 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
© REUTERS / Vasily Fedosenko
Prezident saylovidan soʻng norozilik namoyishlari.

Prezident saylovidan soʻng ikki kundan beri Belarusda norozilik namoyishlari oʻtkazilmoqda. Eng katta namoyish Minskda boʻlib oʻtdi.

Dushanba, kuning ikkinchi yarmida belaruslar yana poytaxt koʻchalariga chiqishdi. Norozilik namoyishlari respublikaning barcha viloyat markazlarida oʻtkazildi.

Poytaxtning Pushkin maydonida namoyishchilar axlat qutilardan barrikalarni qurib olishdi. Namoyishchilardan biri politsiya tomon portlovchi qurilmani uloqtirishga harakat qiladi, biroq qurilma uning qoʻlida portlab ketdi. Olgan jarohatlardan erkak vafot etdi.

Militsiya namoyishchilarni tarqatish uchun yorugʻlik-shovqin granatalar qoʻlladi. Koʻplab namoyishchilar qoʻlga olindi.

Militsiya ichki qoʻshin va “Alfa” boʻlinmasi yordami bilan namoyishchilarni tarqatib yubordi. Ayni vaqtda kommunal xizmatlar koʻchalarni tozalamoqda.

Eslatib oʻtamiz, 9 avgust kuni mamlakatda prezidentlik saylovi boʻlib oʻtdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, prezident Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz toʻplagan. Uning asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya 10,09 foiz ovozga ega boʻldi.

Yana fotolavhalar

Asosiy mavzular