Baylun lifti – dunyoda ochiq eng baland lift. Turistlarni 330 metr balandlikka koʻtaradi. Lift oʻzi uchta ikki qavatli kabinadan iborat, koʻtarish ogʻirligi – 3750 kg.
Bir kabina bir vaqtning oʻzida 48-50 yoʻlovchini koʻtarishi va tushirishi mumkin.
1999 yilda lift qurilishi boshlanib, 2002 yilda turistlar uchun ochildi.
2002 yilda Ulinʼyuan Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilganidan beri liftning atrof-muhitga taʼsiri koʻp munozaralarga sabab boʻldi. Xavfsizlik bilan bogʻliq muammolar sababli 2002-2003 yillarda lift 10 oyga ish faoliyati toʻxtatib qoʻyilgandi.