Suv ostida suzuvchilar deyarlik barcha infratuzilmalar muhayyo qilingan. U yerda tonnel, gʻorlar, mehmonxonalar, konferantsiya zallari va hatto restoran bor.
Bugungi kunda dunyoda bunga oʻxshash ikkita sunʼiy hovuz mavjud: Belgiyada “Nemo33” (33 metr) va Italiyada “Y-40 Deep Joy” (42,13).
Hozirda Buyuk Britaniyada chuqurligi 50 metrni tashkil etadigan ”Abyss” sunʼiy hovuzini qurish ishlari olib borilmoqda.
U qurib bitirilishiga qadar Polshadagi “Deepspot” sunʼiy hovuzi dunyodagi eng chuqur hovuz boʻlib turadi.